Kontent qismiga oʻtish

Yevskin Vyacheslav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vyacheslav Mixaylovich Yevskin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-iyun 1960-yil
Тoshkent
Vafoti 9-avgust 1996-yil (36 yosh)
Grоzniy
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Qoʻshin turi FSB
Xizmat yillari 1987—1996
Unvoni mayor
Janglari Birinchi Chechen urushi
Mukofotlari

Vyacheslav Mixaylovich Yevskin (19601996) — FSB mayori, birinchi Chechen urushi qatnashchisi, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (1996).

Vyacheslav Yevskin 1960-yil 19-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oʻrta maktab va Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan, soʻngra Oʻzbekiston SSRdagi „Stroybank“da ishlagan. 1987-yilda Yevskin SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasiga ishga qabul qilingan. SSSR parchalanganidan keyin bir muncha vaqt Oʻzbekiston davlat xavfsizlik organlarida xizmat qilishni davom ettirgan va 1994-yilda Rossiya Federatsiyasi Federal qarshi razvedka xizmatiga o‘tgan va tez orada Federal qarshi razvedka xizmati boshqarmasining Krasnodar oʻlkasi bo‘yicha katta tergovchisi lavozimiga tayinlangan. Birinchi Chechen urushi janglarida qatnashgan.

1996-yil 6-avgustda chechen bo‘lginchilari Grozniydagi FSB yotoqxonasini o‘rab olishgan. FSBning 90ga yaqin zobiti taslim bo‘lishdan bosh tortib jang qilgan. 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi, bir guruh askarlar bilan qamaldan chiqib ketishga urinib, Yevskin og‘ir yaralangan va sheriklarining chekinishini taminlash uchun qolgan. O‘q-dorilar tugagunga qadar ayirmachilarga qarata o‘q uzgan, so‘ngra o‘zini o‘rab olgan jangarilarga qarata granata uloqtirib o‘zi va dushmanni portlatgan. Anapada dafn etilgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1996-yil 9-sentabrdagi farmoni bilan „Harbiy burchni bajarishda ko‘rsatilgan jasorat va qahramonligi uchun“ mayor Vyacheslav Yevskin vafotidan keyin Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

  • Anapadagi bulvar hamda 4-sonli maktabga V. M. Yevskin nomi berilgan va yodgorlik stelasi o‘rnatilgan.
  • Krasnodar shahrining Yubileyniy mikrorayonidagi xiyobonga V. M. Yevskin nomi berilgan  va haykal-byusti o‘rnatilgan[1].