Kontent qismiga oʻtish

Yevtidem

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevtidem
Asl ismi Ευθύδημος
Tavalludi Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:RomanNumber' not found.
Vafoti Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:RomanNumber' not found.
Ijod qilgan tillari Qadimgi yunon tili

Yevtidem (qadimgi yunoncha: Ευθύδημος) — (mil. av. 3-asr 2-yarmi) Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (mil. av. 230-yildan). Asli Kichik Osiyoning Magnesiya shahridan. Dastlab (mil. av. taxminan 250 yildan) salavkiylardan ajrab chiqqan Sugʻd podshosi Diodotni taxtdan agʻdargach (mil. av. 230-yil), Yunon-Baqtriya podshosi. Mil. av. taxminan 230 — 220 yillarda koʻchmanchi saklar, toxarlar, qonqalar tazyiqi ostida Sugʻdni tashlab Baqtrata koʻchib oʻtgan. Sugʻd mil. av. 206-yildan soʻng koʻchmanchilar taʼsiriga oʻtgan. Mil. av. 208-yil salavkiylar podshosi Antiox III Turon satrapliklarini qaytarib olishga harakat qilgan. U Ox (Tajan) daryosi etaklarida, Margʻiyona hududida Yevtidem suvoriylarini tor-mor keltirib, Zariaspa shahri (hozirgi Balx) ni qamal qilgan. Tarixchi Polibiyning xabar berishicha, bu „tarixiy qamal“ 2 yil davom etgan. Yevtidem koʻchmanchilarni yordamga chaqiraman deb poʻpisa qilgandan keyingina Antiox, qamalni boʻshatgan. Mil. av. 206-yilda tuzilgan sulhga koʻra, Antiox III Yevtidemning shoxligini tan olgan. Yunon-Baktriya podsholigining eng kuchaygan davri Yevtidem va uning oʻgʻli Demetriy I hukmronligi davriga toʻgʻri kelgan. Yevtidem ellinistik tipdagi tangalarni Sugʻdda zarb ettirgan dastlabki podshoh edi. Oʻrta Osiyo hududidan Yevtidemning Sugʻd, Baktriyada zarb etgan tangalari koʻplab topilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil