Yevxaristiya
Yevxaristiya - (yun. non va sharob totish marosimi) xristianlikdagi eng muhim marosimlardan ikkinchisidir. Rus tilida bu marosim “Prichastiye” deb nomlanadi. Yunon tilida “Yevxaristiya” deb ataladigan mazkur marosim, xochga mixlanishdan oldin Isoning havoriylar bilan birga tanovul qilgan eng oxiri kechki ovqat xotirasi sifatida e’tiqod qilinadi. Bu kecha tanovul kechasi ham deb ataladi. Avliyo Pavel keyinchalik bu hodisani sharhlab bergan. Cherkov esa uni marosim holiga keltirgan. Dastlab yilda bir marta amalga oshirilgani holda, keyinchalik har haftada qilinadigan bo‘lgan. Qadim xristianlar, “yevxaristiya”ni qurbonlik sifatida bilganlar. Bugun ham cherkovlarda amalga oshiriluvchi yevxaristiya marosimida beriluvchi non va sharobni qurbonlik sifatida yeb-ichadilar. Xristianlar non bilan sharobni tanovul qilar ekanlar, bu bilan ular Isoning tanasi va qonini tatib ko‘rdik, endi xudoga yaqinroq bo‘ldik, deb hisoblaydilar. Bu marosim ertalab yoki tushki ibodatda asosiy o‘rinni egallaydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 192.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |