Kontent qismiga oʻtish

Yigʻma ijro ishi yuritish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yigʻma ijro ishi yuritish – bitta qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan mulkiy tusga ega boʻlgan bir nechta ijro hujjati hisoblanadi, shuningdek javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv boʻyicha qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishi yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilishi belgilangan [1]. Sud departamenti direktori yoxud uning oʻrinbosari belgilaydigan boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi va yuritiladi. Sud departamenti bitta hududiy boshqarmasining bir nechta boʻlinmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish sud departamenti hududiy boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari belgilaydigan hududiy boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi hamda yuritiladi. Sud departamentining bir nechta hududiy boshqarmasi boʻlinmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritishga nisbatan qoʻllanadi. Yigʻma ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan keyin kelib tushgan shu bilan bir qatorda yigʻma ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar koʻrsatilgan ijro hujjatlari yigʻma ijro ishini yuritayotgan sud ijrochisiga topshirilishi nazarda tutish xato boʻlmaydi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinishi muhim sanaladi [2] („Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish togʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi).

  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Yigʻma ijro ishi yuritish". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 234. 
  2. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish togʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni