Yillik parallaks
Qiyofa
Yillik parallaks (yun. parallaxis — ogʻish) — Yerning Quyosh atrofida aylanishi sababli yulduzlar vaziyatlarining yillik koʻrinma oʻzgarishi. Yerdagi kuzatuvchidan yulduzgacha boʻlgan masofani aniqlashda qoʻllaniladigan kattalik. Gipotenuzasi Quyoshdan biror yulduzgacha boʻlgan masofaga, kichik kateti Yerning katta yarim oʻqiga teng boʻlgan toʻgʻri burchakli uchburchakning kichik burchagi shu yulduzning Y. p. boʻladi. Y. p. yoyning bir sekunddan (1") kam boʻlib, undan uzoq masofalarni oʻlchashda foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |