Kontent qismiga oʻtish

Yirik halqagulli tangabarg

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yirik halqagulli tangabarg
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Rindera
Binar nomi
Rindera fornicata

Yirik halqagulli tangabarg (lotincha: Rindera fornicata) – ikki urugʻpallalilar sinfi, rindera turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol tizmasi So‘qoqsoy vodiysi, Qurama tizmasi Toʻqmoq dovoni, Abjazsoy, Ugom tizmasi Maydontol havzasi hududida tarqalgan[1].

Balandligi 60 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyalari oʻrta qismidan shoxlanib ketadi. Poyadagi barglari bandsiz, uzunligi 4-9 mm, chetlari va uch qismi siyrak, kipriksimon tuk bilan qoplangan. To‘pguli roʻvaksimon, gulli shoxchalari qisqa, yuqori qismidagi gullari zich joylashib gajjak hosil qiladi, gulbandining uzunligi 5-7 mm. Gulkosachabarglari yashil, chetlari qirrali, tuklar bilan qoplangan. Guli ikki jinsli, sargʻish havorang tusda, uzunligi 13-16 mm, gultojibarglari toʻgʻri, chiziqli dogʻlari bor. Ustunchasi uzun, sershox. Hasharotlar yordamida changlanadi. May oyida gullab mevasi iyunda pishib yetiladi. Mevasi quruq yongʻoqcha. Yongʻoqchaning yon qirralari, mayda tishli, uchida langarsimon tikanlari bor. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda kam uchraydi. Toshkent viloyati Chatqol tizmasi So‘qoqsoy vodiysi, Qurama tizmasi Toʻqmoq dovoni, Abjazsoy, Ugom tizmasi Maydontol havzasi hududida tarqalgan. Togʻlarning oʻrta qismidagi qoyatosh yoriqlarida oʻsadi. Chorva mollarining mutassil boqilishi oʻsimlik oʻshiga yomon taʼsir qiladi. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Rindera fornicata“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.