Yirik nayzaburun
Yirik nayzaburun- koʻrshapalaklar turkumiga mansub. Ular ucha oladigan yagona sutemizuvchilar. Havoda teri bilan qoplangan qanotlari yordamida kutilmagan egri-bugri burilishlar yasab parvoz qiladi. Koʻp koʻrshapalaklar kunduzi yirtqichlar hamla qila olmaydigan joylami topib, boshini pastga qaratib osilib olgan holda uxlaydi. Kech boʻlishi bilan esa havoga koʻtarilib, ozuqa axtarib uchib ketadi. Ayrim koʻrshapalaklar ozuqa topishda va qorongʻi osmonda yoʻnalishni aniqlashda exolokatsiyadan foydalanadi. Ular chiqaradigan yuqori chastotali tovushlar aks-sado kabi atrofdagi jinslardan qaytib kelib koʻrshapalakning qulogʻiga chalinadi. Exolokatsiya tufayli ular uchish davomida oʻz oʻljalarining joylashuvini aniqlaydi va qorongʻida toʻsiqlarga duch kelmaydi.
Oʻlchami: tanasi 6,5-8,5 sm; dumi yoʻq, qanoti yozilganda 23-30 sm. Areali: Hindiston, Xitoy janubi, Malayziya. Ilmiy nomlanishi: Megaderma Iyra. Yirik nayzaburun eng katta koʻrshapalaklardan biridir.
Oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozuqasining asosini hasharotlar tashkil etadi. U, shuningdek, kemiruvchilar, qurbaqalar, baliqlar va boshqa koʻrshapalaklarni ov qiladi. Yirik nayzaburunlar gʻorlarda soni 3 dan 50 gacha boʻlgan guruhlar tashkil etib yashaydi. Ayrimlari oʻzidan kuchliroq boʻlgan nayzaburunlarga yemish boʻlishdan qoʻrqib gʻorga kirmaydi. Qonxoʻr koʻrshapalaklardan farqli ravishda yirik nayzaburunlar qon soʻrmaydi, koʻrshapalaklar oʻz oʻljasidan nariroqqa qoʻnib, toʻrt oyoqlab, sezdirmaslikka harakat qilib yaqinlashadi. Qonxoʻrning burni issiqlikka sezgir boʻlib, oʻlja tanasidagi teriga yaqinroq joylashgan qon tomirlarini topishga yordam beradi. Tigʻ kabi oʻtkir tishlari bilan koʻrshapalak hayvon tanasida kesik hosil qiladi va oqib chiqayotgan qonni tili bilan yalay boshlaydi. Koʻrshapalakning soʻlagi kesik joyini ogʻriq sezmaydigan qilib, qonni quyulib qolishdan saqlaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. "Hayvonot olami" ensiklopediyasi: Birinchi jild, Toshkent.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. „Asia’s biodiversity vanishing into the marketplace“ (Wayback Machine saytida 2012-04-07 sanasida arxivlangan) 2012-yil.