Kontent qismiga oʻtish

Yityish Aynav

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yityish "Titi" Aynav
Tavalludi 23-iyun 1991-yil (1991-06-23) (33 yosh)
Gondar, Efiopiya
Fuqaroligi Isroil
Taʼlimi Kfar HaNoar HaDati universiteti, Herzliya fanlararo markazi
Kasbi Model, televizion shaxs
Dini Yahudiylik
Qarindoshlari Yellek (akasi)

Yityish "Titi" Aynav (1991-yil 23-iyunda tug‘ilgan) — isroillik model, televideniye hodimi. U 2013-yilda "Miss Israel" tanlovida g‘olib bo'lib, ushbu unvonni qo‘lga kiritgan birinchi qora tanli isroillik ayol hisoblanadi. Erishgan yutuqlari natijasida u Isroilning eng mashhur shaxslaridan biriga aylandi va xalqaro miqyosda ham eʼtirofga sazovor boʻldi.[1]

Ilk hayoti va ta’limi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yityish Aynav 1991-yilning 23-iyunida Efiopiyaning Gondar viloyatida, efiopiyalik yahudiy oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi qashshoqlikda yashagan boʻlsa-da, Aynav interevyularidan birida bolaligini baxtli o'tganligi haqida eslab o'tgan. Otasi u tug‘ilganidan koʻp oʻtmay vafot etadi, onasi ham Aynav oʻn yoshga to‘lganida kutilmaganda vafot etadi. Bu fojiali voqealar natijasida Aynav va uning ukasi Yellek yetim qolishadi. Ular oʻn ikki yoshida bobosi va buvisi bilan Isroilga koʻchib kelishadi va Netanya shahrida hayot boshlaydilar.[2]

Isroilga kelgach, Aynav yangi madaniyatga moslashish va isroil tilini oʻrganishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Aynav maktabda sinf rahbari bo'lib ishladi, yengil atletika musobaqalarida qatnashdi va milliy talabalar kinematografiya tanlovida g‘oliblikni qo'lga kiritdi.[3] Aynav Kfar HaNoar HaDati universitetini tamomlagach, Isroil Mudofaa Kuchlariga chaqirilib, harbiy politsiyada leytenant sifatida xizmat boshlaydi.[4] U harbiy xizmatini tugatgach, Netanyada kiyim-kechak doʻkonida ishlab boshladi va shu davr mobaynida uning hayotida muxim o'zgarishlar yuz berdi.

Aynav Moskvada bo‘lib o‘tgan "Koinot go‘zali-2013" tanlovida

Yityish Aynav modellik faoliyatiga tasodifan qadam qo'yadi. Yaqin do‘sti uni Miss Israel 2013 tanloviga ro‘yxatdan o‘tkazganida, Aynav hali modellik sohasida hech qanday tajribaga ega emas edi. 2013-yil fevral oyida u tanlovda g‘olib chiqib, "Miss Israel" tojini qo‘lga kiritdi va Isroil tarixida ushbu mukofotga ega chiqqan birinchi qora tanli ayolga aylanadi.[5]Aynavning g‘alabasi Beta Isroil hamjamiyatida va Isroil jamoatchiligi orasida katta shov shuvlarga sabab bo'ldi.[6] Aynav, shuningdek, oʻz qarindoshlarining immigratsiya so‘rovlari rad etilganidan soʻng, ularga Isroilga koʻchib kelishda yordam berdi.[7] Aynavning g‘alabasi unga Shimon Peres va Barak Obama ishtirokida oʻtkazilgan gala-marosimda ishtirok etish imkoniyatini berdi. Obama uni "namunali shaxs" deb atab, unga yuqori baho berdi.[8]

Yityish Aynav 2014-yil mart oyida "Miss Israel 2014" tanlovida o'z tojini Mor Mamanniga topshirdi.[9] 2015-yilda u "Survivor: Gonduras" realiti-shousining Isroil nashrida ishtirok etdi va ikkinchi oʻrinni qo'lga kiritdi.[10] Aynav, shuningdek, 2016-yilda Netanya shahrida qiyinchilikka tushgan yoshlarga yordam berish uchun jamoat sanʼati taʼlim markazini tashkil etishga kirishdi.[11] Ushbu markaz yoshlarga sanʼat orqali oʻz imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.[12]

  1. „Titi Aynaw“. Jewish Virtual Library (2024-yil 9-avgust).[sayt ishlamaydi]
  2. „Obama praises Miss Israel as inspirational“. The Jerusalem Post (2024-yil 9-avgust).
  3. „Israel's first black beauty queen hails victory as sign of hope for underdogs“. The Guardian (2024-yil 9-avgust).
  4. „Miss Israel meets Obama“. The Times of Israel (2024-yil 9-avgust).
  5. „Titi Aynaw: From a poor Ethiopian village to Miss Israel“. Haaretz (2024-yil 9-avgust).
  6. „Ethiopian Israeli beauty Titi Aynaw crowned Miss Israel“. The Algemeiner (2024-yil 9-avgust).[sayt ishlamaydi]
  7. „Meet Titi Aynaw, the first black Miss Israel“. HuffPost (2024-yil 9-avgust).[sayt ishlamaydi]
  8. „Obama 'role model' meets Miss Israel“. BBC (2024-yil 9-avgust).[sayt ishlamaydi]
  9. „New Miss Israel crowned“. Ynetnews (2024-yil 9-avgust).
  10. „Miss Israel finalist takes on reality TV“. Maariv (2024-yil 9-avgust).
  11. „From Miss Israel to social activist“. Israel21c (2024-yil 9-avgust).[sayt ishlamaydi]
  12. „The Ethiopian model who says ‘I can never go back to Ethiopia’“. The Times of Israel (2024-yil 9-avgust).

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]