Kontent qismiga oʻtish

Yoʻlbarsali Oʻtaganov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yoʻlbarsali Hojimatovich Oʻtaganov (1942.19.10, Izboskan tumani) — yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi (1999). Hunarni amakisi usta Roʻzimuhammad Qalandarovdan oʻrgangan. Izboskan tuman qurilishyigʻuv boʻlinmasi (1970—81), Andijon tarixiy va madaniy yodgorliklarni taʼmirlash "Meʼmor" ustaxonasi (1981—84)da duradgor va yogʻoch oʻymakori ustasi; 1984-yildan Andijon "Rassom" ijodiy ishlab chiqarish ktida usta. Oʻ. darvoza, eshik, ustun, xontaxta, kursi, lavh kabilarni yogʻoch oʻymakorligida nafis naqshlar bilan jozibador bezadi; Andijondagi "Bogʻi Bobur" muzeyi (1993), Izboskan tuman hokimligi binosi (1996), Andijon aeroporti kutish zali (1996), Choʻlpon yodgorlik muzeyi (1997), Imom elBuxoriy yodgorlik majmui (1998), Toshkentdagi Xotira va qadrlash maydoni (1999)dagi oʻymakori darvoza va ustunlar va boshqalar 1992-yildan respublika va xorijdagi koʻrgazmalarda ishtirok etadi. U Kugay qishlogʻida yogʻoch oʻymakorligi maktabi tashkil qilgan.[1]

  1. "Oʻtaganov Yoʻlbarsali Hojimatovich" OʻzME. Oʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil