Kontent qismiga oʻtish

Yodgor Saʼdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yodgor Sa’diyevdan yoʻnaltirildi)
Yodgor Saʼdiyev
Yodgor Habibovich Saʼdiyev
Tavalludi 12-iyun 1946-yil (1946-06-12) (78 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRIOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Otasi Habib Saʼdiy
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Yodgor Habibovich Saʼdiyev – taniqli oʻzbek kino va teatr aktori, rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). 2024-yilda Tojikiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan[1]. „Shaytanat“ filmidagi Asadbek roli bilan mashhur.

Yodgor Saʼdiyev 1946-yil 12-iyunda Toshkent shahrida tavvalud topgan. 1971-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1968-yildan hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri, shuningdek, 1998-yildan „Qalqon“ studiyasining badiiy rahbari.

Mehnat faoliyatini 1965-yilda Paxtakor komandasi futbolchisi sifatida boshlagan. 1971-1998-yillarda O‘zbek davlat akademik drama teatri aktyori, 1998-2012-yillarda “Qalqon” studiyasi badiiy rahbari, 2012-2020- yillarda O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saʼdiyev ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmun ila yoʻgʻrilgan boʻlib, qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixologik oʻtkir tarzda talqin etishi bilan ajralib turadi. Qahramonga dramatik xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uygʻunlashtira olishi bilan diqqatga sazovor.

„Mirzo Ulugʻbek“ spektaklidagi Fransiya elchisi sahnadagi ilk obrazidir. Karl Morr („Qaroqchilar“), Kochkaryov („Uylanish“), ertakchi („Qor malikasi“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Prometey („Olovni tashlama, Prometey“), Kichik oʻgʻil („Gʻariblar“), Bobur („Yulduzli tunlar“), Klimkov („Roʻyxatlarda yoʻq“), Arslon („Oyna“), Abdurahmon („Mehrobdan chayon“), Filipp („Roʻyo“), Abror Hidoyatov („Tomosha davom etadi“) kabi rollari bilan mashhur.

Saʼdiyev kinoda „Dilbarim“da Abdusalom, „Oʻn uch terak koʻchasi“da Olimjon, „Armon“da Dadaboʻri, „Yengilmas“da Shayx Jaʼfar, 20 qismli „Shaytanat“da Asadbek roli bilan shuxrat qozongan.

„Shaytanat“ning 7-dan 20-qismigacha Saʼdiyev rejissyorlik ham qilgan.

Shuningdek, telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham oʻynagan: „Abu Ali ibn Sino“da Ibn Sino, „Diyonat“da Jabbor, „Girdob“da Yoʻldosh, „Alisher Navoiy“da Badiuzzamon, „Imon“da Orifjon, „Ichkuyov“da Oʻrinboy, „Soʻnggi oʻq“da Jahongir va boshqalar. Iblis devori, Besh qismat, Jigarbandim, Honadon, Oltin tulpor duoibadi Rejissyor sifatida „Aldagani xotin yaxshi“ (J.Puare), „Tungi mehmon“ (F.Bogdanov), „Hayot eshik ortida“ (S.Sirojiddinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan. Xayrulla Saʼdiyev (akasi) va Jahongir Saʼdiyev (nabirasi) Shaytanat videofilmida rol ijro etgan.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni (1998 y.), “Mehnat shuhrat ordeni” (2005 y.), “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni (2016 y.), “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari (2018 y.) sohibi. Shunigdek, 1983-yilda „Roʻyo“ spektaklidagi Filipp roli uchun „yilning eng yaxshi erkak roli“ unvonini olgan. 1989-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati deb tan olingan.[2][3][4][5]

Yil Film nomi Rol
1967 „Dilbarim“ Abdusalom
1968 „Qizil qumlar (Krasnie peski)“ Yusuf
1969 „Oʻn uch terak koʻchasi“ Olimjon
1971 "Kones snejnix pilotov " Muhaten
1972 „Vozrast trevog“
1975 „Ti, pesnya moya“
1978 "Vesennyaya melodiya "
1979 „Seroe dixanie drakona (Des Drachens grauer Atem)“ Muhaten
1983 „Yengilmas (Nepobedimiy)“ shayx Jaʼfar
1985 „Minarxarlik Joʻra ovchi (Djura, oxotnik iz Min-arxara)“ Togʻay
1986 „Armon“ (Uxodya, ostayutsya)" Dadaboʻri
1988 „Chudoviщe ili kto-to drugoy“
1989 „Manjur varianti (Manchjurskiy variant)“ mayor Misumi
1990 „Oblava na odichavshix sobak“
1998-2003 „Shaytanat“ Asadbek / Asadbekning otasi
2000 „Besh qismat“ Yodgor Saʼdiyev
2008 „Iblis devori“ Ibrohim ota
2011 „Jigarbandim“ Qodirjon
2014 „Bekatdagi odam“ Boss
2014 „Xonadon egasi“
2016 „Shaytanat (21-qism)“ Asadbek
„Abu Ali ibn Sino“ Ibn Sino
„Diyonat“ Abdujabbor
„Oltin tulpor duoibadi“
„Soʻnggi oʻq“ Jahongir
„Girdob“ Yoʻldosh
„Xonadon“
„Ichkuyov“ Oʻrinboy
„Alisher Navoiy“ Badiuzzamon
„Imon“ Orifjon
  1. „O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarini yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirladilar“. Ўзбекистон Республикаси Президентининг расмий веб-сайти.
  2. Yodgor Saʼdiev: „Bobur yuragim tubida yotibdi“, Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2010
  3. Yodgor Caʼdiev: „Yurak amri sportni emas, sanʼatni ustun qoʻydi“ (Wayback Machine saytida 2014-12-08 sanasida arxivlangan), persona.uz, 2012
  4. Yodgor Saʼdiev: „15 yillik xizmatdan qaytgan askarga oʻxshayman!“ (Wayback Machine saytida 2014-08-10 sanasida arxivlangan), darakchi.uz, 20 noyabr 2013
  5. Yodgor Caʼdiev: „Sanʼatda oʻzingni emas, oʻzingdagi sanʼatni sevgin!“[sayt ishlamaydi], darakchi.uz, 29 avgust 2014