Kontent qismiga oʻtish

Yodidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yodidlar — yodning metall yoki metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari, yodning baʼzi hosilalari. Yodidlarning aksarisi suv, spirt va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Yodidlar elementlar, ularning oksidlari yoki karbonatlariga vodorod yodid (yodid kislota) taʼsir ettirib olinadi. Qizdirilganda dissotsiatsiyaga oson uchraydi, natijada erkin holda yod ajralib chiqadi. Yodidlar oʻta sof moddalar (Masalan, titan, sirkoniy va boshqalar) olishda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil