Kontent qismiga oʻtish

Yogʻ olish usullari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yogʻ olish usullari — chigit, loviya, soya, zigʻir, kunjut, yongʻoq, kungaboqar, zaytun, maxsar va b. magʻzidan yogʻ olish. Sanoatda, asosan, presslash (ezish) va ekstraksiya (siqish) usulidan foydalaniladi. Ilgari yogʻ faqat juvozda, keyinchalik sanoatda oddiy gidravlik presslarda olingan. Yogʻ zdlari ekstraksiya batareyalari va uzluksiz ishlaydigan avtomat shnekli presslar bilan jihozlangan. Magʻzdan yogʻ ikki bosqichda olinadi. Birinchi bosqich — magʻzni presslash yoki ekstraksiyaga tayyorlash. Bunda magʻz turli aralashmalardan (chigit esa mayda tuklaridan ham), qobigʻidan ajratiladi va maxsus joʻvalash (valsovka) stanogida eziladi. Ikkinchi bosqich — presslash yoki ekstraksiyalash. Presslash usulida ezilgan magʻz bugʻli isitkichdan oʻtkazilib, shnekli presslarda eziladi. Pressdan chiqqan kunjarada 4% dan 5% gacha yogʻ qoladi. Magʻzdan ajralgan yogʻ filtrdan oʻtkaziladi. Ayrim zdlarda yogʻ oldin ezilgan magʻzni maxsus apparat—forchanda qizdirib, shnekli pressda siqib olinadi. Ekstraksiya usulidayogʻ shnekli pressdan chiqqan massadan ekstraktorlarda erituvchi (benzin yoki dixloretan) taʼsir ettirib olinadi. Ekstraksiyalangan yogʻ distillanadi va tozalanadi. Presslab olingan yogʻ oziqovqat sanoatida, ekstraksiyalab olingani texnikada ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil