Kontent qismiga oʻtish

Yogʻochot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yogʻochot — qad. oʻzbek sirki tomoshalaridan. Masharabozning ot va chavandoz harakatlariga parodiyasi. Yogʻochdan otning tanasi va bosh qismi yasalib, ustidan oʻyinchi sigʻadigan joy qoldirilib, yaltiroq mato bilan qoplangan. Unga dum yasalib, yugan solingan, qoʻngʻiroqchalar osilgan. Yasama soqolli, yuziga un surtgan oʻyinchi "ot"ni beliga bogʻlab olgan holda yuganni tortib, qamchin urib ot va chavandoz harakatlariga takugad qilib oʻynaydi. Oʻyinchining oyoklarini sollanib turgan mato yashirgan, "ot" ustiga esa soxta oyoklar qoʻyilgan. Oʻyinchi chinakam ot ustida oʻtirganday, barcha harakatlarni ot bajarayotganday qilib koʻrsatadi. Kulgili — parodiya turidagi Yo. hozir ham anʼanaviy sirk tomoshalarida, sayillarda, milliy bayramlarda namoyish etiladi.

Poʻlat Toshkanboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil