Yomgʻir, Eron filmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Yomgʻir" (forscha: باران ) 2001-yilda Majid Majidiy tomonidan suratga olingan film. Oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Latif Erondagi qurilish maydonchasida ishlaydi, oziq-ovqat olib, ishchilarga yetkazib beradi. Koʻplab afgʻon qochqinlari bu qurilish maydonchasida noqonuniy ishlaydi.

Afgʻonistonlik ishchilardan biri Najaf ikkinchi qavatdan yiqilib, oyogʻini sindiradi. Oilasini boqish uchun oʻgʻli Rahmatni ishga yuboradi. U nimjon, qurilish boshligʻi Meʼmor unga Latifning ishini berib, uni qurilishga oʻtkazadi.

Rahmat xarid va pazandalikni Latifga qaraganda ancha yaxshi bajaradi. Xudbin Latif Rahmatdan oʻch oladi.

Keyinchalik Latif Rahmatning qiz bola ekanligini bilib, uni sevib qoladi.

Bir kuni qurilish maydoniga inspektorlar kelib, Rahmatni ushlashga harakat qilishadi. Latif uning qochishiga yordam beradi, ammo natijada Meʼmor barcha afgʻonlarni ishdan boʻshatishga majbur boʻladi.

Latif uzoq qidirib Rahmatni topadi. Uning asl ismi Boronligini biladi. U pasportini garovga qoʻyib pul topadi va qizning oilasi Afgʻonistonga qaytishi uchun yordam beradi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Husayn Obedini Latif
  • Zahro Bahromiy - Boron
  • Muhammad Amir Najiy - Meʼmor
  • Abbos Rahimiy - Sulton
  • Gʻulom Ali Baxshiy - Najaf

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2001-yil - Monreal kinofestivalida Ekumenik hakamlar hayʼati tomonidan eng yaxshi film va maxsus mukofot uchun Gran-pri.
  • 2001-yil - "Fajr" xalqaro kinofestivalida (Eron) 7 mukofot: eng yaxshi film, rejissor, xalqaro rejissor (barchasi - Majid Majidiy), erkak roli (Husayn Abedini), musiqa, ovoz yozish, ovozni mikslash.
  • 2001-yil - AQSh Milliy kinotanqidchilar kengashining soʻz erkinligi mukofoti.
  • 2001-yil - Gijon kinofestivalida eng yaxshi rejissor va eng yaxshi ssenariy uchun mukofotlar.
  • 2001-yil - Yevropa kino akademiyasining Xalqaro ekran mukofoti nominatsiyasi.
  • 2001-yil - Chikago kinofestivalida ishtirok etish.
  • 2002-yil - Eng yaxshi chet tilidagi film uchun Sputnik mukofotiga nomzod.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]