Yongʻindan saqlanish tadbirlari
Yongʻindan saqlanish tadbirlari — yongʻinning oldini olish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik tadbirlari majmui. Sanoat va fuqarolar obʼyektlarini loyihalash va qurishda bu tadbirlar koʻzda tutiladi, obʼyektlardan foydalanish davrida ularga rioya qilinadi. Texnologik qurilmalar va elektr uskunalar tizimining yongʻinga nisbatan xavfeizligini taʼminlash; oʻtga chidamli qurilmalarni tanlash, suv bilan taʼminlash yoʻllarini qurish; bino yoki inshootlarning bir qismidan qoʻshni qismiga yongʻin tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yongʻinga qarshi devor (brandmauer)lar, yonmaydigan yopma va pardalar qurish ishlari Yo. s. t.ga kiradi. Yongʻinga qarshi devorlar qurish mumkin boʻlmagan hollarda yongʻinga qarshi zonalar, yaʼni binoning oʻtga chidamli materiallardan qurilgan va seksiyalarga ajratilgan uchastkalari hosil qilinadi. Paxta sanoati korxonalari yongʻinga qarshi kurash qoidalariga rioya qilgan holda shamolning aksariyat yoʻnalishi boʻyicha turar joy rnlaridan keyin quriladi. Paxta omborlari va b. katta inshootlar shamolning aksariyat yoʻnalishi ularning diagonali boʻyicha oʻtadigan qilib quriladi va bu yoʻnalish boʻyicha avval yongʻin chiqish xavfi koʻproq boʻlgan obʼyektlar, keyin uchqun chiqish xavfi boʻlgan binolar joylashtiriladi. Paxta omborlari yoki buntlari orasida yoki ular bilan boshqa binolar orasida yongʻin yetib bormaydigan darajada masofa qoldiriladi. Mas, paxta omborlari orasi 30 m dan, paxta buntlari orasi 20 m dan kam boʻlmasligi kerak. Sanoat korxonalari xrvlilarida moyli lattaputtalar yigʻishtirilib, alohida ajratilgan joylarda saqlanishi lozim. Yongʻin chiqqanligini va uning oʻchogʻini aniklash uchun yongʻin signalizatsiyasi vositalari (yongʻin bildirgichlari, aloqa liniyalari va b.) oʻrnatiladi. Zamonaviy binolar yongʻinga qarshi avtomatik (drencherli yoki sprinklerli) tizimlar bilan jihozlanadi. Bunda binoning shiplariga oʻrnatilgan datchiklar xona ichidagi temperatura keskin koʻtarilganda yoki tutun konsentratsiyasi koʻpayganda signal beradi va suv yoki gazli oʻt oʻchirish tizimini ishga tushiradi. Koʻpgina samolyot va kemalar ham ana shunday tizimlar bilan jihozlanadi. Yongʻin koʻpincha kishilarning beparvoligi va ehtiyotsizligi oqibatida, mas, yongan xavfeizligi yoki xavfeizlik texnikasiga rioya qilinmaganda, gaz plitalari yoqiq holda, elektr qizdirish asboblari ulangan holda qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqadi. Korxona va idoralarning ichiga oʻt oʻchirgichlar, oʻt oʻchirish shlanglari, hovlilarida oʻt oʻchirishga tegishli anjomlar saqlanadigan shchitlar oʻrnatiladi. Yo. ye t. va oʻt oʻchirish bilan bogliq masalalar bilan maxsus tashkilot (yongʻin muhofazasi tashkiloti) shugʻullanadi (yana q. Oʻt oʻchirish, Oʻt oʻchirish texnikasi). [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |