Yongʻoqsimon astragal
Yong‘oqsimon astragal | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Astragal |
Oila: | Burchoqdoshlar |
Binar nomi | |
Astragalus nucleosus |
Yongʻoqsimon astragal (lotincha: Astragalus nucleosus) – ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Qurama va Chatqol tog‘ tizmalari hududida tarqalgan[1]
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyi 10-12 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi juda qisqa, deyarli yoʻqolib ketgan. Barglari poya yoki ildiz boʻgʻzidan chiqadi, murakkab, bandli, barg bandining uzunligi 10-12 sm. Bargchalari 10-12 juft, nashtarsimon yoki ellipssimon, uchi oʻtkirlashgan, yuzasi qalin tuklar bilan qoplangan. Gulpoyasining uzunligi, 5-8 sm. Gullari yirik, ikki jinsli, 25-30 mm. Gultojibarglari och pushti tusda, uzunchoq ellipssimon, qoʻshilmagan uch besh dona. Gulkosachabarglari yashil, tukli, nashtarsimon shaklda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi quruq dukkak meva. Aprel may oylarida gullab, mevasi iyun avgustda pishib yetiladi. Dukkagi bandsiz, uzunligi 4 sm, choʻziq tuxumsimon, qalin, mayin yarim yotiq tukli. Urug‘i orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda kam tarqalgan, yakka yakka holatda yoki kichik maydonlarda toʻp hosil qilib oʻsadi. Toshkent viloyati Qurama va Chatqol tizmalarida tarqalgan. Dengiz sathidan 1600 metrgacha balandlikda, shagʻal toshli yonbagʻirlarda oʻsadi. Chorva mollarining mutassil boqilishi natijasida oʻsimlik soni qisqarib ketgan. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Astragalus nucleosus“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.