Kontent qismiga oʻtish

Yonish kamerasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yonish kamerasi - gazsimon, suyuq yoki qattiq yoqilgʻilarni yoqish uchun moʻljallangan boʻshliq. Davriy ishlaydigan (porshenli ichki yonuv dvigateli) va uzluksiz ishlaydigan (gaz turbinali dvigatel, turboreaktiv dvigatel) suyuklikli raketa dvigatellari va b. xillarga boʻlinadi. Porshenli ichki yonuv dvigatel i da silindr qopqogʻi bilan yuqori (eng chekka) holatdagi porshen asosi oraligʻi Yo. k. hisoblanadi. Yo. k.ning bir necha turi bor. Gaz turbinali dvigatellarda (qarang Gaz turbinasi) Yo. k. kompressor bilan turbina orasidagi gazhavo yoʻlida joylashgan. Bunda Yo. k.ga kiradigan havo ikki qismga boʻlinadi: birinchisi Yo. k.ning old tomoniga yoʻnalib, asosiy yonilgʻi massasining yonishini; ikkinchi qismi aralashish zonasida yonish mahsulotlariga qoʻshilib, boshlangʻich zonada yonmay qolgan yonilgʻining yonishini taʼminlaydi. Dvigatelning quvvati, tejamliligi Yo. k.ning shakliga, hajmiga va unda joylashgan sham (svecha)lar (karbyuratorli dvigatelda) yoki forsunkalar (dizel dvigatelida) soni va vaziyatiga bogʻliq.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil