Kontent qismiga oʻtish

Yonlab suzarlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yonlab suzarlar, har xil oyoqlilar (Amphipoda) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uz. 1—2 sm dan 28 sm gacha, koʻpincha ikki yon tomondan siqiq. 1—2 koʻkrak boʻgʻimi boshi bilan qoʻshilib ketgan. 2 juft oldingi koʻkrak oyoqlarida qisqichlari, barcha oyoqlarida jabralari boʻladi. Qorin boʻlimida 3 juftdan ikki shoxli suzgichlari va sakrovchi oyoqlari bor. Sayoz suvda yonida suzadi (nomi shundan olingan). 4500 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpchiligi dengiz va chuchuk suv havzalari tubida yoki planktonda, ayrim turlari tuproqsa hayot kechiradi. Chuchuk suv havzalarida, ayniqsa, Baykal koʻlida Yo. s.lar koʻp (240 tur). Hammaxoʻr, faqat planktonda yashaydigan turlari orasida yirtqichlari bor. Kit bitlari (Guamidae) kitlarda ektoparazitlik qiladi. Tuxumlari urgʻochisi koʻkragidagi tuxum xaltasida rivojlanadi. Chuchuk suvlarda Gammarus avlodi turlari keng Tapkalgan. Yo. s. suv hayvonlari, ayniqsa, baliqlarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil