Kontent qismiga oʻtish

Yopiq biotexnik tizim

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yopiq biotexnik tizim (kos monavtikada) — kosmik kemaning tashqi muhit bilan modda almashinmaydigan, lekin tashqaridan energiya oladigan va uni oʻsha miqdorda sarflaydigan tizimi. Bir qancha tirik organizmlar majmuidan iborat; ularning modda almashinuv maromi birbiriga moslangan boʻladi. Zich (germetik) yopiq tizimda odamlarning yashashi uchun shart boʻlgan moddalar (oziqovqat, suv va kislorod) biokompleksga kiradigan tirik organizmlar (oʻsimlik, hayvonlar, odam va b.)ning yashash jarayonida hosil boʻladigan chiqindilarni qayta ishlab tayyorlanadi. Yo. b. t.ni tuzishda biokompleksga kiruvchilar sonini imkon boricha kam olish, modda almashinuvini tezlashtirish, bu aylanma jarayondan chetga chiqib qoladigan moddalar paydo boʻladigan jarayonlarni bartaraf qilish lozim va hokazo. Odamlarning uzoq muddat (mas, 1 yil) Yo. b. t.da yashashi mumkinligi amalda sinab koʻrilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil