Kontent qismiga oʻtish

Yoqilgʻi balansi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoqilgʻi balansi — mamlakat miqyosida har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish balansi. Oʻzbekiston yoqilgʻienergetika resurelarida yoqilgʻi hissasi 99,2% ni tashkil qiladi (2000). 20-asr boshlarida Oʻzbekistonning Yo. b.da oʻtin va qisman neft (oz daraja toshkoʻmir) asosiy oʻrinni egallagan. 20-asrning 50y.lari oʻrtalaridan boshlab yangi neft va gaz konlari ochildi va ishga tushirildi. Natijada Yo. b.da oʻtin va koʻmir hissasi kamayib, yoqilgʻi qazib olishda neft va gaz hissasi uzluksiz oshib bordi. Oʻzbekiston Yo. b.da tabiiy gazning yalpi miqdori 1958-yil dan 1965-yilgacha 4% dan 80 % ga ortdi, neft hissasi 48,8% dan 10,5% ga, kumir hissasi 46,6% dan 9,2% ga, oʻtin hissasi 0,6% dan 0,2% ga kamaydi. Oʻzbekiston Yo. b.ning chiqim qismi tarkibi ham oʻzgardi: yoqilgʻining katta qismi sanoat va transport i. ch. ehtiyojlari uchun, bir qismi aholi ehtiyojlari uchun sarflanadi. Yoqilgʻidan sanoatning qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati kabi tarmoqlarida foydalaniladi. Ayniqsa sanoatda texnologiyu yoqilgʻi va xom ashyo sifatida gaz koʻp ishlatiladi. Oʻzbekistonda 2000-yilga kelib respublikaning yoqilgʻienergetika balansi asosini gaz, neft va koʻmirni qazib olish tashkil qiladi Chet mamlakatlardan AQSH va Kanada neft va gaz qazib olishda oldingi oʻrinlarda turadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiyada asosan kumir qazib olinadi, lekin bu mamlakatlarda import orqali neft va gaz isteʼmoli birinchi oʻrinda turadi.

Hojiakbar Abdubekov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil