Kontent qismiga oʻtish

Yorkend zilzilasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yorkend zilzilasi - Xitoyning SinszyanUygʻur muxtor rni Yorkend vohasida 1897 y. 22-avgustda roʻy bergan. Markaziy Osiyoda sodir boʻlgan eng kuchli zilzilalardan. Bu zilzila oqibatida Yorkend, Qashqar sh. va unga yaqin joylashgan boshqa shahar va qishloqlar vayronaga aylangan.

Zilzilani boshidan kechirgan odamlarning taxmini boʻyicha bu tabiiy ofat natijasida 6—7 ming kishi halok boʻlgan. Yo. z. tebranish kuchi epitsentrda taxminan 9—10 ball, magnitudasi 8,1 dan ziyod ekanligi qayd qilingan. Yer silkinishi bir yil davomida 9 marta takrorlanib, kuchi 7—8 balldan, magnitudasi 6 dan oshgan. Silkinishlar kuchi Olmaotadan tortib Andijon, Toshkent, Samarkandgacha sezilgan. Yo. z.ga Fargʻona tizmasining sharqiy qismida joylashgan TalasFargʻona yer uzilmasi sabab boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil