Yorqishloq
Yorqishloq | |
---|---|
Shaharcha | |
40°36′05″N 72°44′25″E / 40.60139°N 72.74028°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon |
tuman | Jalaquduq |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 171103 [1] |
|
Yorqishloq — Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi shaharcha (2009-yildan)[2]. Xoʻjaobod tumanining qarashli Doʻstlik, Toʻrobod, Faqirqishloq, Jalaquduq tumanining Beshtol, 9-boʻlim, Jumboz hamda qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining VLKSM, Alimtepa qishloqlari bilan chegaradosh.
Shaharcha hududida 5 ta maktab, 3 ta DIMI va 4 ta Maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud. Shaharcha hududida yana Kiyim-kechak, buyum, dehqon bozori va koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud. Shaharcha haqida Sohiba Hoshimovaning „Yorqishloq“ kitobi chop etilgan. Qishloqdan chiqqan shoir Muhammad Yusuf shogirdi Baxodir Xojimatov sheʼrlari butun respublikada mashhur[manba kerak]. Qishloqda koʻplab mevalar, poliz ekinlari yetishtiriladi. Qishloq „Andijonning Oltiarigʻi“ deb ataladi. Yetishtirilgan uzum, gilos va turli meva-sabzavotlar Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiyaga eksport qilinadi[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Indeksi Djalakudukskiy rayon, Andijanskaya oblast
- ↑ „Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан О дополнительных мерах по совершенствованию административно-территориального устройства населенных пунктов Республики Узбекистан“ (ruscha). lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Qaraldi: 8-noyabr 2024-yil.