Kontent qismiga oʻtish

Yorugʻlik texnikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yorugʻlik texnikasi - nur (infraqizil, ultrabinafsha va koʻrinadigan nurlar) energiyasini hosil qilish, taqsimlash va undan foydalanish hamda yorugʻlik energiyasini boshqa tur energiyaga aylantirish masalalari bilan shugʻullanadigan fan va texnika sohasi. 17-asrdan boshlab kuchli yorituvchi shamlar ishlab chiqildi. 18-asr oxiri, 19-asr boshidan kumir gazidan isitish va yoritishda foydalana boshladilar. 19-asr oxirlariga kelib, elektr lampochkalar paydo boʻldi. Avval Yo. t., asosan, koʻzga koʻrinadigan nurlar va yorugʻlikdan foydalanish bilan chegaralanib kelar edi. Yo. t.ning koʻzga koʻrinadigan nurlarni oʻlchash bilan shugʻullanadigan sohasi fotometriya, yorugʻlik spektridagi barcha nurlarni (infraqizil va ultrabinafsha, rentgen, a, rnurlarni ham) oʻlchash bilan shugʻullanadigan sohasi radiometriya deyiladi. Yoritish manbalaridan olinadigan nur energiyasi yoritishda, yorugʻlik signallari hosil qilishda, proyeksiyalash va nur berish texnikasida qoʻllanadi. Yo. t.ning eng qadimgi, yaxshi oʻrganilgan sohasi yoritish texnikasidir; bunda binolarni, ishlab chiqarish maydonlarini, sexlar, koʻchalarni, istirohat bogʻlari, teatr sahnalarini yoritish va b. masalalar ishlab chiqiladi. Yorugʻlik signallari texnikasiga koʻrinadigan turli rangli signallarni uzatishda qoʻllanadigan asboblar kiradi. Proyeksiyalash texnikasi proyeksiyalashda foydalaniladigan yorugʻlik asboblarini qoʻllash masalalarini ishlab chiqadi. Yo. t.ning bu sohasi kinoning rivojlanishi munosabati bilan toʻla kinotexnika sohasiga aylandi (qarang Kinoproyeksion apparat). Hyp berish texnikasi turli obʼyektlarni koʻrinadigan yoki koʻrinmaydigan nurlar (yoki aralash nurlar) bilan nurlatish uchun moʻljallangan asboblarga asoslanadi. Oʻsimliklarning oʻsishini kuchaytirish uchun ular, asosan, katta lampochkalar bilan nurlatiladi. Spektrning optik sohasidagi nur energiyasi tibbiyotda qoʻllanadi. Yo. t. ishlab chiqarish estetikasida juda muhim oʻrin tutadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil