Yoshlar siyosati va sport vazirligi saytiga xakerlik hujumi
Qiyofa
Bu maqolada joriy hodisalar haqida maʼlumot keltirilgan. Voqealarning rivojlanishiga qarab axborot tezda oʻzgarishi mumkin. |
2023-yilning 15-oktyabr va 19-oktyabrda Yoshlar siyosati va sport vazirligi saytiga xakerlik hujumi uyushtirildi[1][2].
Saytining buzib kirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 15-oktyabr soat 16:00 lar atrofida Yoshlar siyosati va sporti vazirligi saytiga kirish bilan muammolar paydo boʻla boshlagan. Saytning asosiy sahifasida „Your system hacked by Israil team – Sizning tizimingiz Isroil jamoasi tomonidan buzildi“ degan yozuv paydo boʻladi. Vazirlik telegram kanalida holat boʻyicha izoh berib, rasmiy veb saytning kiberhujumga uchraganini eʼlon qildi[3].
Ikkinchi kiber hujum 19-oktyabr kuni qozogʻistonlik hakerlar tomonidan hujum uyushtirildi va „Hi, Uzbekistan. Hacked by Kazhakhstan, Glory Kazakhstan. Kazakhstan strong“ deb yozib ketilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги сайти кетма-кет ҳакерлар ҳужумига учради“ (kun.uz). 2023-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Yoshlar siyosati va sport vazirligining rasmiy sayti kiberhujumga uchradi“ (zamon.uz). 2023-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Ijtimoiy tarmoqlarda Oʼzbekiston Respublikasi "Yoshlar siyosati va sport vazirligi"ning rasmiy sayti xakerlar tomonidan buzib kirildi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi.“ (minsport.uz). 2023-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.