Yot jismlar
Yot jismlar — teri, quloq, burun, koʻz va b. orqali organizmga tasodifan kirib, toʻqimalar, aʼzolar va boʻshliqlarda turib qolgan narsalar (oʻq, nina, zirapcha va hokazo). Turmushda organizmga koʻpincha mayda Yo. j. — nina yoki uning bir boʻlakchasi, zirapcha, shisha va b. kirib ketishi mumkin. Organizmga kirib qolgan, lekin infeksiya yuqmagan Yo. j. toʻqimalarda "chandiklanib", uzoq vaqt, hatto umr boʻyi ogʻritmaydigan boʻlib saqlanib qolishi yoki, aksincha, mikrobli Yo. j. atrofi maʼlum vaktdan keyin yalligʻlanishi mumkin. Terining ichiga kirgan zirapcha ogʻritadi va yalligʻlanib yiring boylaydi. Barmoqqa, tirnoq ostiga kirgan zirapcha ancha yomon, u koʻpincha xasmolta sabab boʻladi. Shuning uchun koʻz ilgʻaydigan zirapchani oʻtkir uchli igna bilan kishining oʻzi olib tashlashi mumkin. Nina va terining nina kirgan joyi spirt yoki yod eritmasi bilan artib tozalanishi kerak. Buning iloji boʻlmasa yoki Yo. j. zaharli boʻlsa (mas, kimyoviy kalam parchasi) zudlik bilan shifokorga koʻrinish lozim. Yo. j. koʻzga, burunga, quloqqa kirgan hollarda ham faqat vrach maslahati bilan ish koʻrgan maʼqul.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |