Kontent qismiga oʻtish

Youhikko

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Youhikko
Youhikko. Kareliya Respublikasi Milliy muzeyi

Youhikko (karel. va fin. jouhikko, shuningdek, fin: jouhikas), kamonli kantele[1] — karel-fin kamonli cholgʻu asbobidir[2].

Umumiy maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Youhikko qoraqaragʻay, qaragʻay yoki qayindan yasaladi. Shakli: qoʻl uchun maxsus kesigi bor, keng figurali boʻyinli, qorni ingichka koʻrinshga ega. Torlari (ikki yoki uchta), qoidaga koʻra, qildan ("jouhi" — oʻzbekcha „ot qili“, shundan cholgʻu youhikko nomini olgan) yoki toʻrt yo olti ipdan iborat boʻlib, iplar quloqlar yordamida tortiladi. Bugungi kunda youhikko uchun sintetik va metall torlar (alt yoki gitara) ishlatiladi. Kamonchasi yoy shaklida.

Ushbu asbob fin va karel xalq musiqasi ijrochilari orasida juda mashhur. Anʼanaviy ijrochilarning repertuarini runik, qoʻshiq va raqs kuylari tashkil etadi.

1970-1980 — yillarda Youhikko chalish anʼanasiga yangi hayot berildi. Sibelius Akademiyasida (Xelsinki) va Xalq musiqasi institutida (Kaustinen, Finlandiya) youhikko yasash va chalishni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari ish boshladi.

Chalish usuli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Youhikkoning pastki qirrasi oʻtirgan sozandaning oʻng sonining ichki yonida, tizzasidan sal yuqorida joylashadi, korpusining yon tomoni esa chap songa tegib turadi. Bosh barmoq tutqichni ushlaydi, chap qoʻl barmoqlari (bosh barmogʻidan tashqari) yuqoridagi teshikchadan oʻtkazib olinadi. Kamoncha qamishga tortiladi, oʻrta va nomsiz barmoqlar tor va qamish orasida turadi. Chap qoʻl barmoqlarini bosib tor qisqartiriladi. Barmoqlarni oʻziga xos tuta bilish chalish mahoratini belgilaydi. Ijrochi navbatma-navbat barmoqlarining orqa tomoni bilan torni bosib, ohang chiqaradi, qolgan torlar qoʻshimcha ton beradi.

  1. Семакова 2007.
  2. Kareliya ofitsialnaya. Youxikko
Manba xatosi: <ref> tag with name "lira-bre" defined in <references> is not used in prior text.
  • „Йоухикко“, Музыкальный энциклопедический словарь. М.: Советская энциклопедия, 1990 — 221-bet. 
  • Семакова И.Б. „Йоухикко“, . Карелия. Энциклопедия. Том 1. Петрозаводск: ПетроПресс, 2007 — 385-bet. 
  • Marayev V. Youhi kantele — youhikko — kamon lirasi