Younes Namli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Younes Namli
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-iyun 1994-yil (1994-06-20) (29 yosh)
Tavallud joyi Copenhagen, Daniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sparta Rotterdam
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Akademisk Boldklub 47 (6)
2015—2017 Heerenveen 33 (0)
2017—2019 PEC Zwolle 65 (9)
2019—2022 Krasnodar 10 (1)
2020—2021 → Colorado Rapids (ijara) 28 (3)
2022 → Sparta Rotterdam (ijara) 14 (1)
2022— Sparta Rotterdam 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-may uchun)

Younes Namli (talaffuzi: Yunes Namli; 1994-yil 20-iyunda Daniyaning Kopengagen shahrida tugʻilgan) — daniyalik futbolchi, Gollandiyaning „Sparta“ klubi vingeri.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namli oʻzining professional faoliyatini „Gladsax Fiske AB“ futbol klubida boshlagan. 2013-yilning 28-iyulida u Daniya birinchi divizionida „Horsens“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[1]. 2014-yilning 12-aprelida „Hobro IK“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Younes „Gladsax Fiske AB“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[2].

2015-yil boshida Namli Gollandiyaning „Heerenveen“ futbol klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. 2015-yil 24-yanvar kuni „Vitess“ futbol klubiga qarshi uchrashuvida u Erediviziyada debyut qilgan.

2017-yilning yozida futbolchining shartnomasi tugagan va Younes erkin agent sifatida „PEC Zwolle“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilning 13-avgust kuni „Rhoda“ futbol klubiga qarshi uchrashuvida u yangi jamoasida debyut qilgan[3]. Bu oʻyinda u Dirk Marcellis kiritgan golga assistentlik qilgan. 2017-yil 28-oktabr kuni „ADO Den Haag“ futbol klubiga qarshi uchrashuvida Younes „Zwolle“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[4].

2019-yilning 22-mayida Namli to‘rt yillik shartnoma imzolab, RossiyaningKrasnodar“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan[5]. 2019-yilning 14-iyulida „Akhmat“ futbol klubiga qarshi mehmon o‘yinida u „Krasnodar“ futbol klubi safida RPLda debyut qilgan[6]. 2019-yilning 20-iyul kuni „Ufa“ futbol klubiga qarshi kechgan mehmondagi oʻyinda u gol urgan[7].

2020-yil 15-yanvarda Namlini „Colorado Rapids“ futbol klubi sotib olish opsiyasi bilan ikki yillik ijaraga olgan[8][9]. U Amerika ligasida debyutini 2020-yilning 29-fevralida „DC United“ futbol klubiga qarshi mavsumning birinchi turidagi o‘yinda o‘tkazgan[10]. 2020-yil 7-mart kuni „Orlando City“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u MLSdagi ilk golini urgan[11]. 2021-yilda toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli u toʻrt oyni — 8-maydan 19-sentabrgacha oʻtkazib yuborgan[12]. 2021-yilgi mavsum oxirida „Colorado Rapids“ futbol klubi „Krasnodar“ futbol klubidan Namlini sotib olmagan[13].

2022-yilning 11-yanvarida Namli 2022-yilning yozigacha Gollandiyaning „Sparta Rotterdam“ jamoasiga ijaraga berilgan[14][15]. U „Sparta“ futbol klubi safidagi debyutini 2022-yilning 16-yanvarida „Cambuur“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[16].

2022-yil 11-iyulda u „Sparta“ futbol klubi bilan toʻliq uch yillik shartnoma imzolagan[17].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Xalqaro turnir Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
AB 2013—2014 30 2 0 0 30 2
2014—2015 17 4 0 0 17 4
Jami 47 6 0 0 0 0 0 0 0 0 47 6
Heerenveen 2014—2015 12 0 0 0 12 0
2015—2016 3 0 0 0 3 0
2016—2017 18 0 3 2 21 2
Jami 33 0 3 2 0 0 0 0 0 0 36 2
PEC Zwolle 2017—2018 32 5 4 2 36 7
2018—2019 33 4 3 0 36 4
Jami 65 9 7 2 0 0 0 0 0 0 72 11
FC Krasnodar 2019—2020 10 1 1 0 7 0 18 1
Colorado Rapids (ijara) 2020 17 2 1 0 18 2
2021 11 1 0 0 11 1
Jami 28 3 0 0 0 0 0 0 1 0 29 3
Umumiy faoliyatida 183 19 11 4 0 0 7 0 1 0 202 23

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Хорсенс VS. АБ Гладсаксе 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-iyul). 2013-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  2. „Хобро VS. АБ Гладсаксе 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 12-aprel). 2014-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  3. „Зволле VS. Рода 4:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 13-avgust). 2017-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  4. „Зволле VS. АДО Ден Хааг 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-oktyabr). 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  5. „Игроком «Краснодара» стал Юнес Намли“. Официальный сайт ФК «Краснодар» (2019-yil 22-may). 2022-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  6. „Ахмат VS. Краснодар 1 - 0“ (en). soccerway.com (2019-yil 15-iyul). 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  7. „Уфа VS. Краснодар 2 - 3“ (en). soccerway.com (2019-yil 20-iyul). 2022-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.
  8. „Colorado Rapids acquire attacking midfielder Younes Namli as Designated Player“ (en). Colorado Rapids (2020-yil 15-yanvar). 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  9. Jake Shapiro. „Colorado Rapids acquire Younes Namli on loan as designated player“ (en). The Denver Post (2020-yil 15-yanvar). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  10. „D.C. United vs Colorado Rapids | Roster Notes | February 29, 2020“ (en). Colorado Rapids (2020-yil 29-fevral). 2020-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  11. „Colorado Rapids vs Orlando City SC | Recap | March 7, 2020“ (en). Colorado Rapids (2020-yil 7-mart). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  12. „Recap: Rapids Draw Vancouver as Unbeaten Run Hits 10“ (en). Colorado Rapids (2021-yil 19-sentyabr). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  13. „Rapids Announce 2021 Year-End Roster Updates“ (en). Colorado Rapids (2021-yil 3-dekabr). 2022-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  14. „Younes Namli tot het einde van het seizoen Spartaan“ (nl). Sparta Rotterdam (11 januari 2022). 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  15. „Юнес Намли арендован «Спартой» из Роттердама“. Официальный сайт ФК «Краснодар» (2022-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  16. „Sparta begint 2022 met gelijkspel in Leeuwarden“ (nl). Sparta Rotterdam (16 januari 2022). 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  17. „Namli ook dit seizoen Spartaan.“ (nl). sparta-rotterdam.nl. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.