Kontent qismiga oʻtish

Yovmut oti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yovmut oti — salt miniladigan jaydari ot zotlaridan biri. Turkmanlarning yovmut qabilasi yetishtirgan. Bu zotning kelib chiqishida arab, moʻgʻul, qozoqi va axaltaka ot zotlarining ham taʼsiri boʻlgan. Shu ot zotlariga xos belgilar Yo. otlarida sak,lanib krlgan. Yo. o. quruq issiq ik/shmga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. Aravaga qoʻshib ham ishlatiladi. Yo. o. ning peshonasi keng , oʻrta boʻyli, boʻyni uzun, koʻpincha yoʻgʻon. Yo. o., asosan, kulrang , toʻriq, jiyron yoki qoracha boʻladi. Yo. o. aygʻirlarining qarchigʻayigacha bal. 152,4 sm, koʻkrak qafasi aylanasi 163,6 sm, gavdasining uzunligi 151,2 Yovmut ot zoti.sm, pochchasining aylanasi 18,5 sm, biyalarining qarchigʻayigacha bal. 148,0 sm, gavdasining uzunligi 149,0 sm, koʻkrak qafasining aylanasi 164,0 sm, pochchasining aylanasi 17,9 sm. Asosan Turkmaniston, Eronda boqiladi. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda ham uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil