Yovvoyi kurka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yovvoyi kurka
Hurpaygan nar kurka
Urgʻochi kurka
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Urugʻ: Kurka
Tur: Meleagris gallopavo
Distribution of M. gallopavo
Distribution of M. gallopavo
Kenja turlari

6, matnga qarang

Kurka (Meleagris gallopavo (Linnaeus, 1758)) – qirgʻovullar turkumiga mansub yirik Yangi dunyo oʻtxoʻr qushi. Xonaki kurkaning ajdodi hisoblanadi.

Umumiy xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

matn=Yovvoyi nar kurka (John Audubon surati)[2]
matn=Yovvoyi nar kurka
(John Audubon surati)[2]
Moda polaponlari bilan (John Audubon surati)[2]
Moda polaponlari bilan
(John Audubon surati)[2]

Yovvoyi kurkaning tabasi yirik, vazni 8 kg gacha (erkak). Narining uzunligi 100-110 sm, urgʻochisi 85 sm. Oyoqlari uzun va kuchli. Qushlar qisqa masofalarga ucha oladi[3].

Tashqi koʻrinish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanasining ustki qismi jigarrang-sariq va jigarrang-qizil, metall rangi koʻrinishida, qanotlaridagi patlari qora, orqa va quyruq patlarining pastki qismi yashil va qora chiziqlar bilan uygʻunlashgan jigarrang tusda. Tanasining pastki qismi sargʻish-jigarrangdan jigarrang-kulranggacha oʻzgarib boradi.

Boshi va boʻynining yuqori qismi koʻk rangda, tuklarsiz. Tumshugʻining tagida gʻoʻshtli qoʻshimcha osilib turadi.

Oyoqlari qizil yoki binafsha rangda. Koʻkragida ot tukiga oʻxshash tuklar bor.

Modaning rangi sustroq, oʻlchami erkaklarnikiga qaraganda kichikroq.

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Amerika oʻrmonlarida uchraydi.

Oʻsimlik va hayvonot ozuqalari – yongʻoq, boshoq, don va turli xil mevalar, shuningdek, hasharotlar bilan oziqlanadi.

Koʻpayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yerga in quradi. Aprel oyida moda 10 dan 15 gacha va hatto 20 ta gacha tuxum qoʻyadi va ularni qattiq himoya qiladi.

Yovvoyi kurkalar koʻpincha xonaki urgʻochilar bilan juftlashadi va natijada olingan joʻjalar mahalliy joʻjalarga qaraganda yaxshiroq sifatga ega boʻlad.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. BirdLife International (2018). "Meleagris gallopavo". IUCN Red List of Threatened Species 2018: e.T22679525A132051953. doi:10.2305/IUCN.UK.2018-2.RLTS.T22679525A132051953.en. https://www.iucnredlist.org/species/22679525/132051953. Qaraldi: 19 November 2021. Yovvoyi kurka]]
  2. 2,0 2,1 Audubon J. J. The Wild Turkey // Ornithological Biography. – Edinburgh: Adam Black, 1831. – Vol. 1. – P. 1—17, 33, 34.(ingl.)
  3. Hogan, C. Michael (2008). Wild turkey: Meleagris gallopavo, GlobalTwitcher.com, ed. N. Stromberg. (Wayback Machine saytida 2020-06-14 sanasida arxivlangan).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]