Yozma nutq buzilishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nutqfikr bayon qilish vositasi bo'lib, og'zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tafakkur nutq yordamida roʻy berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog'laydilar.

Og'zaki nutq pauza, urg'u, intonatsiya va tovushlar orqali tinglovchiga borib yetsa, yozma nutq, harf va soʻzlarning ma'lum qonuniyat asosida o'zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, gaplarni grammatik jihatdan aniq va tovushlarni bayon qilish orqali yetib boradi. Og'zaki nutqning yozma nutqdan yana bir farqi shuki, ogʻzaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni koʻramiz va o'qiymiz. Yozma nutq murakkab jarayon boʻlib, u koʻp vaqt mehnat talab qiladi. Sintaksis jihatdan qaraganda yozma nutq eng to'liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og'zaki nutq asosida rivojlanadi. Og'zaki nutq hayotda kishilar bilan munosabatda bo'lish, ularga taqlid qilish yo'li bilan rivojlanib, boladan maxsus o'qish va oʻrganishni talab etmaydi. Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlar, soʻzlar, gaplarni koʻz bilan idrok qilishga, qo'l bilan yozishga moljallangan nutqdir.

Bolalarning og'zaki nutqida kamchiliklar uchragani kabi, yozma nutqiarida ham bir qator kamchiliklar uchraydi. Bu holatlar olimlarimiz tomonidan oʻrganilgan bo'lib, olimlar ishining boshlang'ich davri XIX asrgacha borib taqaladi.

O'qish buzilishlaming simptomatikasi va mexanizmlari haqidagi tasawurlar sekin-asta toʻplanib borgan.

Birinchi marta bu buzilishlar nutq faoliyatining mustaqil potologiyasi ekanligi 1877-yilda A. Kussmaul ko'rsatib oʻtdi. Keyinchalik esa oʻqish va yozuvida turlicha buzilishlari bor bolalami ta'riflash ishlari yuzaga kela hoshladi.

Bu vaqtda ish va yozuvdagi patologiyalar yozma nutqning buzilishi birligi sifatida ko'rilar edi. XIX asroxiri va XX asr boshlarida adabiyotlarda o'qish buzilishlari umumiy aqli zaiflikning simptomi deb va bu buzilishlar faqat aqli zaifbolalarda kuzatiladi degan fikrlari

tarqaldi (F. Baxman va B. Engler).

XIX asrning oxiri, 1896-yilda V. Morgan yozish va o'qishdagi kamchiliklarni aqliy jihatdan sog`lom, bo'lgan 14 yoshli bolada kuzatgan. V. Morgan bu kamchilikni "orfografik jihatdan toʻgʻri yozish va xatosiz bog'lanishli o'qish qobiliyatining yo'qligidan" kelib chiqadi deb aniqladi. V Morgandan so'ng ko'pgina muallifiar (A.Kussmaul, O.Berkan) oʻqish va yozuvdagi kamchiliklarni aqli zaifiikka bog'lamay, nutq faoliyatida mustaqil kamchilik sifatida o'rgandilar. Angliyalik akulist-shifokor Kerr va V. Morgan bolalardagi oʻqish va yozishdagi buzilishlarga bagʻishlangan maxsus ishlarini matbuotda e'lon qildilar Bu esa o'qish buzilishining nazariy jihatdan o'iganishning boshlang'ich ishi bo'lib hisoblanadi.

Oʻqishning psixologik akti[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'qishmurakkab psixoflziologik jarayon. Oʻqish jarayonida ko'rish, nutq-harakat, nutq-eshitish analizatorlari ishtirok etadi. Bu jarayon asosida "analizatorlarning murakkab o'zaro harakat mexanizmlari va ikki signal sistemasining vaqtinchalik aloqasi" yotadi, deb yozadi B.G. Anonev.

Oʻqishning buzilish muammosini tanqidiy tahlili, avvalambor normada o'qish jarayonining murakkab psixofizik tuzilishini tushunish va bolalarning o'qish malakalarni oʻzlashtirish xususiyatlariga asoslanishi kerak.

Oʻqish yozma nutqning bir turi bo'lib, og'zaki nutqqa qaraganda kech va (murakkab) qiyin o'zlashtiriladi. Yozma nutq og'zaki nutq asosida shakllanadi. Yozma nutqning murakkab shartli reflektor aloqasi shakllangan ikkinchisi signa! sistemasi (og'zaki nutq) bilan birlashadi va uni rivojlantiradi. Yozma nutq jarayonida eshitgan, ko'rilgan va talaffuz qilingan soʻzlaroʻrtasida yangi aloqalar tiklanadi. Agarogʻzaki nutq asosan nutq harakat va nutq-eshitish analizatorlarining faoliyatida vujudga kelsa, yozma nutq esa "eshituv motor emas,

balki koʻ ruv-eshituv motor qurilmasi" boʻlib hisoblanadi. Yozma nutq ogʻzaki nutqning koʻruv shaklidir. Yozma nutqda aniq grafik belgilar, og'zaki nutqdagi soʻzlarning tovush tuzilishi, tovushlarni tasavvurda grafik tasviri, ya'ni harflarni bildiradi.

Shunday qilib, o'qish oʻzining psixofizik mexanizmi bilan og'zaki nutqqa qaraganda birmuncha murakkab jarayondir. Og'zaki va yozma nutq bir-biri bilan oʻzaro aloqada rivojlanadi.

O'qish ko'rish idroki orqali harflarni bilish va farqlashdan boshlanadi. Shu asosida harflarni ma'lum tovushlarga mos kelishi yuzaga keladi. Nihoyat so'zning tovush shakli va uning mazmun oʻqilayotgan matnni, gapni tushunishni vujudga keltiradi. Shunday qilib, o'qish jarayonida ikkita shartli tomonini belgilash mumkin:

  1. Texnik (koʻruv obraz yozilgan soʻzning talafTuziga mos kelishi).
  2. Mazmuni, ya'ni bu o'qisb jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tushunish so'zning tovush shakli va uning ma'nosi bilan bogʻ lanishi asosida ruyobga chiqadi. O'qish jarayonining mana shu tomonlari oʻrtasida ajratib bolmas aloqa mavjud.

O'qilayotgan gapni ma'nosini tushunish jarayoni idrokning holati bilan aniqlanadi.

Katta kishilar o'qish jarayonida o'qilganlaming ma'nosini avtomatik tarzda anglaydilar. Lekin bu avtomatlashgan o'qish savodga o'rganish operatsiyasi jarayonida murakkab va koʻp qirralidir. Texnik tomonning murakkabligi kishining o'qish jarayonidagi koʻz harakatining tahlilida aniq namoyon bo'ladi.

Yaxshi oʻqiydigan kishining koʻz harakati bir nuqtadan boshqa nuqtaga tez sur'atda o'tadi. O'qish jarayonida harakat faqat oldingga (o'ngga) boʻ!may, balki orqaga harakat bam bo'ladi. Awalgi idrokka qaytganda, orqaga harakat regressiya nomini oladi. 0 ʻqish jarayonidan o'qilgan so'zning idroki flksatsiya paytida qatorda koʻz harakatining to'xtashida sodir boʻladi. O'qish jarayonida koʻz harakatining qatorida 12-20 marta uzoq muddatli toʻxtaydi. Qatorda toʻxtash soni turlicha bo'ladi, ular so'zlarning yoki qatordagi harflarning soni bilan bogʻliq boʻlmaydi. Ko'zning fiksatsiyasi so'zlar orasida va soʻzning oʻrtasida bo'lishi mumkin. To'xtash soni so'zning tuzilishi, soʻzlar qanchalik tanishligi, so'zning toʻgʻri yoki boshqa ma'noda qollanishiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin.

Taniqli psixolog T.G. Yegorov oʻqish malakasini shakllantirishda quyidagi 4 ta bosqichni belgilagan:

  1. Tovush va harf ifodasini o'zlashtirish
  2. Boʻgʻinlab oʻqish
  3. O'qishda sintetik usullarini qo'llash bosqichi
  4. Sintetik oʻqish bosqichi

Bu bosqichlarning harbiri o'ziga xos xususiyatlari ma'lum psixologik tuzilishi, o'zini qiyinchiligi, vazifasi va o'zlashtirish usullari bilan xarakterlanadi.

Tovush-harf ifodasini o'zlashtirish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tovush-harf ifodasini oʻzlashtirish alifbegacha vaalifbe davrida amalga oshiriladi. Shu bilan birga alifbegacha va alifbe davrining boshida psixologik tizim alifbe davrining oxiriga qaraganda boshqacha ho'ladi. Tovush-harf ifodasini o'zlashtirish bosqichida bolalar nutqni, gapni tahlil qilishadi, soʻzlarni boʻgʻinga bo'lishadi va tovushni ajratishadi.

Bola nutqdan tovushni ajratadi va shu tovush ifodalagan harfni topadi. Keyin oʻqish jarayonida bola soʻz va boʻgʻindagi harfni sintez qiladi, oʻqilgan so'zni og'zaki nutqidagi soʻzga moslashtiradi.

Oʻqish jarayonida birinchi navbatda harfning grafik tasviri, farqi koʻrib idrok qilinadi. Lekin harflami idrok qilish va farqlash, o'qish jarayonining faqatgina tashqi tomonidir. Shuni orqasida til tovushlarining eng aniq va asosiy xarakterlari yotadi. Harf nutq tovushinjng yozuvdagi belgisi. Shuning uchun tovush-harf ifodasini o'zlashtirishning murakkab jarayoni nutqning tovush tomonini bilish va nutq tovushlarini aniqlash, farqlash bilan boshlanadi. Shundan keyingina ko'ruv tasvirdagi tovush, ya’ni harf ko'rsatiladi.

Tovush-harf ifodasini o'zlashtirish jarayoni bu tomonlarni hisobga olib quyidagi holatlarda harfni to'g'ri va muvaffaqiyatli oʻzlashtirish mumkin:

  1. Bola nutq tovushlarini farqlay olsagina, tovushning aniq shakli tasawurida boʻlsa va eshitilishi, artikulatsiya jihatdan o'xshash boshqa tovushga aralashtirilmasa. Agarda tovushning aniq shakli bo'lmasa, tovushni harfga moslashtirishni bilmasa o'qishni o'zlashtirish qiynalishadi. O`rnatilayotgan harf bitta emas, balki ikkita yoki bir nechta aralashma tovushlarga mos kelishi yoki aksincha, turli harflar bitta tovush bilan aytilishi mumkin. Bu vaqtda harf sekinlik bilan o'zlashtiriladi.
  2. Agar bolada nutqning umumlashgan tovushi, fonema haqida tasawur bo'lsa, o'qishini yaxshi oʻzlashtiriladi. Nutq tovush muayyan flzik xususiyatlariga, til uchun ahamiyatli va ahamiyatsiz belgilarga egadir (I Boduen de Kurtene, L V. Sherb va boshqalar).

Tovushning ma'no farqlash belgisi, ya’ni tovushning o'zgarishida so'zning ma'nosi ham oʻzgarishi tilning ahamiyatli tomonidir (masalan: jarangli-jarangsiz: sim-shim). Bundan tashqari tovushlami talaffuz qilganda o'ziga xos individual sifatlari; ya’ni tembr, intonatsiyasi bo'ladi. Unga qoʻshni tovushlar, ayniqsa o'zidan keyingi tovushlar ta'sir ko'rsatadi. Oʻrganilayotgan tovush nutq ichida so'zdagi oʻrni va yonidagi tovushga qarab har hal eshitiladi. Masalan: "S" tovushi so'zda turlicha eshitiladi: soat, asal, avtobus. Hamma holatda ham tovushning asosiy belgilari saqlanadi. "S" tovushi jarangsiz, qattiq, friktiv va til oldi tovushi bo'lib qolaveradi. Tovushning mana shu xususiyatlari (belgilari) fonemani tashkil etadi.

Bola nutqdan tovushni ajratih olishda, tovushning so'zdagi o'rniga bogʻlangan holda o'zgarishi va hamma shaklda talaffuz qilishi, tovushni ba'zi bir asosiy variant sifatida tanlab olishi kerak. Shunday qilib, bola tovushlarning ikkinchi darajali xususiyatlaridan voz kechib, fonemalarni aniqlashi kerak. O ʻqishga o'rgatish jarayonida fonemalarbilan harflaming mos kelishi va grafema haqida tasawumi shakllantirish lozim.

Idrok qilishning butun usullari boʻlgan bosqich[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu bosqich oʻqishning analitik va sintetik usullariga oʻtish hisoblanadi. Bu bosqichda so'zlaming ma'nosini topish ahamiyati rol o'ynaydi. Ilgari o'qilganlarini ma'nosiga tayanib, keyinchalik ko'ruv idroki yordamida tez va aniq nazorat qila olmaydi. Bola tez-tez so'zlarni, soʻz qo'shimchalarini almashtirib turadi va unda topib oʻqish kuzatiiadi. Topib oʻqish natijasida bosma harflami o'qishda koʻp xatolar paydo bo'ladi. Oʻqish xatolari tez regressiyaga olib keladi, awalgi oʻqilganlami toʻgʻrilash, aniqlash uchun qayta o'qiladi. Faqatgina gap ichida ma'lum soʻzlarni topishadi. Bu bosqichda gap ichida so'zlarni sintez qilish asosiy oʻrin egallaydi. Bu bosqichda oʻqish sur'ati oshadi.

Sintetik oʻqish bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sintetik oʻqish bosqichida so'zlarni, so'z guruhlarni butun o'qish usullari bilan xarakterlanadi. Bola bu bosqichda matnni texnik o'qishda qiynalmaydi. Asosiy vazifa esa o'qilganlarni mazmunini tushunishdir. Bu bosqichda oʻquvchi, oldingi bosqich kabi faqatgina gaplardagi so'zlami sintez qilmaydi, balki matndagi jumlalarni ham sintez qiladi. Oʻqish jarayonida xatolar ham uchraydi. Ma'noni topish bulun idrok qilishini yetnrlicha rivojlanganligini nazorat qiladi. Oʻqish sur'ati ancha tezlashgan bo'ladi.

O'qish malakalarini shakllantirishning oxirgi bosqichida gapdagi so'zlarni va matndagi gaplarni sintez qilishda ham qiyinchiliklar bo'lishi mumkin.

O'qish malakalarini shakllantirishning oxirgi bosqichida gapdagi soʻzlarni va matndagi gaplarni sintez qilishda ham qiyinchiliklar boʻlishi mumkin.

Bolaning og'zaki nutqini, nutqning fonetik (talafTuz, fonemalar farqlash, fonematik analiz-sintez) va leksik, grammatik tomoni, fazoviy tasavvurlarini, koʻrish analiz-sintez qilishni yetarlicha rivojlanganligi oʻqish malakalarini m uvaffaqiyatli o'zlashtirishning asosiy shartlaridan hisoblanadi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Коррекция нарушений письменной речи[1]
  • Нарушения письменной речи и их преодоление[2]
  • Нарушения письменной речи (дисграфия)[2]
  1. https://www.litres.ru/raznoe-4340152/korrekciya-narusheniy-pismennoy-rechi-42575691/
  2. 2,0 2,1 https://www.akc.ru/rucont/itm/177285/