Kontent qismiga oʻtish

Yulduz Turdiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yulduz Turdiyeva
Yulduz Turdiyeva milliy kiyimda (1-sentyabr 2022-yil)
Yulduz Turdiyeva milliy kiyimda (1-sentyabr 2022-yil)
Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi10-avgust 1985-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR
KasbiXonanda

Yulduz Turdiyeva (oʻzbek:Yulduz Turdiyeva) — oʻzbek xonandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1][2].

Yulduz Turdiyeva 1985-yil 10-avgustda Buxoro viloyatida tugʻilgan[3]. 2008-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. 2007-yilda turmush qurgan, hozir uchta farzandi bor. 2010-yilda „Nihol“ mukofotini qoʻlga kiritgan xonandaning ilk musiqiy albomi 2011-yilda chiqdi. Bundan tashqari, 2004-yilda Yalta shahrida oʻtkazilgan „Beshinchi Xalqaro yoshlar festivali“da „Eng yaxshi vokalchi“ mukofotiga sazovor boʻldi. 2009-yilda Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan Xalqaro mug‘om festivalida qatnashdi. Shuningdek u Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga ham ega[3].

2009-yilda u Xalqaro mug‘om festivalida Qorabag shikastasi, ozarbayjoncha mug‘omni ijro etib ushbu tanlovda birinchi o‘rinni egalladi[4][5].