Kontent qismiga oʻtish

Yulgʻunsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YulgʻunsoySamarqand viloyatining gʻarbiy qismidagi soy. Katarmoya togʻlarining jan. yon bagʻridan, Oqmozor qishlogʻidan shimolroqda, 620 m balandlikdan boshlanadi. Soyning qishloqqacha boʻlgan qismi Oqmozorsoy deb ataladi. Uzunligi 42 km, havzasining mayd. taxminan 400 km². Dengizli quduqlaridan 1,3 km gʻarbroqda yerga singib ketadi. Asosan, buloqlar va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi, shu bois yilning yogʻinsiz davrida qurib qoladi.