Yumaloqbarg parpi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yumaloqbarg parpi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Parpi
Oila: Ayiqtovondoshlar
Binar nomi
Aconitum rotundifolium

Yumaloqbarg parpi (lotincha: Aconitum rotundifolium) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ayiqtovondoshlar oilasi, parpi turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom tizmasi va Beshtorsoy hududida tarqalgan[1]

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi 12-60 sm gacha yetadigan koʻp yillik ildizpoyali oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Ikkita qisqa va uzun ildizpoyalar hosil qiladi. Poyasi tik oʻsadi, yuzasi kichik xurpaygan tuklar bilan qoplangan. Ildiz boʻgʻzi va poyasining pastki qismidan chiqqan barglari bandli, yuraksimon, 5-7 boʻlakka boʻlingan. To‘pguli oddiy shingil. Gullari bir jinsli, uzunligi 14-15 mm, eni 10-12 mm. Gultojibarglari ikkitadan oʻntagacha, och binafsharang. Gulkosachabarglari 5 dona, yashil, mayin tukli. Urugʻchibargi 2-5 ta urugʻchining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyul avgust oylarida gullab mevasi pishadi. Mevasi koʻp urugʻli quruq meva. Urug‘i va ildizpoyasi orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Yakka yakka, agar yer sernam boʻlsa guruh hosil qilib uchraydi. Toshkent viloyati Piskom tizmasi va Beshtorsoy hududida uchraydi. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismlaridagi toshli hamda shagʻalli tuproqlarda oʻsadi. Tabiiy sharoitda urugʻlari pishib yetilmay turib tupi payhon qilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Ildizpoyasi orqali koʻpaytirishga qaratilgan urinishlar foyda bermagan. Ugom-Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Aconitum rotundifolium“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2009.