Yunus
Yunus — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Zunnun, yaʼni katta baliq (kit)ning hamrohi degan nom ham olgan. Bibliyadagi Ionaga toʻgʻri keladi. Qurʼonning 10-surasi uning ismi bilan ataladi. Qurʼonda Allohning yagonaligini tan olmagan oʻz qavmidan gʻazablanib, parvardigorning iznisiz shahardan chiqib ketgani, kemada qochgani, suvga tashlangani, uni katta baliq yutib yuborgani, Alloh uni qutqargani, soʻng u targʻibot olib borgan qavm bu dunyo jazolaridan qutulib qolgani haqida bayon etiladi. Qurʼondagi Yu. qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabrtoqatli, bardoshli boʻlishga daʼvat bor. Hoz. vaqtda Yu. paygʻambarning qabri (Iroq, Mosul shahri yaqini) qadamjolardan hisoblanadi.
Alloh taolo Yunus alayhissalomni taxminan miloddan avvalgi 8 asrda Iroqdagi Naynavo ahliga payg‘ambar qilib yuborgan. Yunus qavmini Allohga ixlos bilan ibodat qilishga chaqirgan. Ammo ular payg‘ambar gapiga quloq solishmagan, unga osiy bo‘lishgan. Bundan Yunus alayhissalom juda siqilgan va qavmining boshiga uch kun ichida azob yog‘ilishini xabar qilgan. Uchinchi kun kelganda Yunus alayhissalom qishlog‘idan bosh olib chiqib ketgan. Alloh hali unga chiqishga ruxsat bermagandi. Qavmi uning yo‘qolib qolganini ko‘rgach, tavba qilib, imonga kelishgan. Shundan keyin Alloh taologa iltijolar qilib tushishi aytilgan azobni daf qilishini so‘rashgan.
Yunus qavmi boshiga biron kulfat yog‘ilmaganini ko‘rib, ularning oldigamborishdan istihola qildi. O‘ziga-o‘zi: “Qavmimning oldiga yolg‘onchi degan nom bilan boramanmi?!” dedi. Keyin boshi oqqan tarafga qarab ketdi. Bas, bir kemaga mindi. Biroq kema o‘rnidan qimirlamay turaverdi. Shunda kema egasi: “Oralaringizda bir shumqadam odam bor. Shuning uchun joyimizdan qo‘zg‘alolmayapmiz!” dedi. Bas, ular qur'a tashlashib, qur'a kimga tushsa, uni dengizga uloqtirmoqchi bo‘lishdi. Qur'a Yunusga tushdi. Qaytadan tashlashdi. Yana Yunusga tushdi. Buni ko‘rib turgan Yunus o‘zini dengizga otdi. Keyin uni katta bir baliq yutib yubordi Yunus (alayhissalom)ning qavmlari to‘g‘risidagi qissadagi ibratlar shundan iboratki, u kishining qavmlari Haq yo‘lga da'vat qilinganlarida yaxshilik bilan qabul qildilar, o‘z Payg‘ambarlari keltirgan xabarni tasdiqladilar, Alloh taolo uchun dinni xolis qildilar (ixlos bilanibodatlarni bajardilar).
Alloh taolo aytadi:
«Qani endi (Biz halok qilgan qishloqlar ichida) biron qishloq ahli (o‘z Payg‘ambarlari aytgan azobni sezgan vaqtlarida) imon keltirsalar edi, albatta,
imonlari foyda qilgan (ya'ni, halok bo‘lmagan) bo‘lar edi. Faqat Yunus qavmigina (shunday qildi). Imon keltirishgach, ulardan hayoti dunyodagi
rasvolik azobini ketkazdik va ularni ma'lum bir vaqtgacha, foydalantirdik»
(Yunus, 98).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |