Kontent qismiga oʻtish

Yunusjon Ogʻaliqov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yunusjon Ogʻaliqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1884-yil
Qoʻqon
Vafoti 1937-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • oʻqituvchi

Yunusjon Ogʻaliqov (1884-yilda tugʻilgan) – oʻzbek maʼrifatparvar pedagogi.

Hayoti va mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yunusjon Ogʻaliqov 1884-yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi 1898-yil boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan va kuchli taʼqibda qolganligi bois oʻsha vaqtda yurak xastaligidan vafot etgan.

Yunusjon Ogʻaliqov dastlab eski usulda taʼlim beruvchi maktab va madrasada tahsil olgan. Keyinchalik esa Ashurali Zohiriy, Obidjon Mahmudov, Hamza Hakimzoda kabi ziyoli maʼrifatparvarlar bilan birga taraqqiyparvarlik harakatlarida faol ishtirok etgan. Shuningdek, Qoʻqon shahridagi 1914-yilda tashkil etilgan „Gʻayrat“ jamiyatining aʼzosi va 1917-yilda barpo etilgan „Harbiy asirlarga yordam“ uyushmasining muassislaridan biri hisoblangan.

1917-yilning iyun oyidan „Shoʻroyi islom“ tashkiloti aʼzosi, 1918—1922 hamda 1923—1926-yillar oraligʻida turli maktablarda oʻqituvchi, kutubxonachi sifatida hamda „Fargʻona“, „Yangi Fargʻona“ gazetalarida muxbir lavozimida faoliyat olib borgan[1].

Ayblov va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1926-yilda Ogʻaliqov aksil inqilobiy harakat aʼzosi ekanlikda gumon qilinib, OGPU tashkiloti tomonidan 7 yil muddatga Rossiyaning Kommprimatsk okrugiga surgun qilingan. Ayblov bekor qilinib, Yunusjon Ogʻaliqov ozodlikka chiqqach, 1934-yilda Oʻzbekiston davlat nashriyoti magazini mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

1937-yil 21-avgustda yana bir gumon bilan qamoqqa olingan.

Oʻzbekiston Oliy Sudi Jinoiy ishlar boʻyicha Kollegiyasi NKVD uchligining 1937-yil 21-noyabrdagi hukmi uning aybi toʻla isbotlanmaganligi uchun bekor qilingan va shu kunning oʻzida Yunusjon hoji Ogʻaliqov toʻliq oqlangan.

Ayblovlar olib tashlanib, uning oqlanganligiga qaramasdan, Oʻzbekiston UNKVD maxsus uchligi tomonidan 1937-yil 18-dekabrda otuvga hukm qilingan va jazo oʻsha kunning oʻzidayoq ijro qilingan[2].

  1. „EL BAYROGʻI“. malumot.ru. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.