Kontent qismiga oʻtish

Yuqori darajali umumiy domenlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yuqori darajali umumiy domenlar — alohida guruh tashkilotlar uchun yaratilgan yuqori darajali domenlar.

Yuqori darajali umumiy domenlar 1985-yilda paydo boʻlib, ular avval 6 boʻlgan:

  • .com — Tijorat saytlari uchun
  • .edu — Taʼlim saytlari uchun
  • .gov — AQSH davlati tashkilotlari saytlari uchun
  • .net — Tarmoqqa bogʻliq boʻlgan saytlar uchun
  • .org — Notijorat tashkilotlar uchun
  • .mil — AQSH harbiy tashkilotlari uchun

Yuqori darajali umumiy domenlar:

  • .aero — Havo transport sanoati uchun
  • .asia — Osiyo-Tinchokeani hududlaridagi tashkilotlar, kompaniyalar va shahslar uchun
  • .biz — Biznes uchun
  • .cat — Catalan tili/madaniyati uchun
  • .com — Tijorat tashkilotlari uchun, chegaralanmagan
  • .coop — Kooperativlar uchun
  • .edu — Oliy oʻquv yurtlari uchun
  • .eu — Yevropa Ittifoqi tashkilotlari, kompaniya va shahslari uchun
  • .gov — AQSH Davlat va uning agentliklari uchun
  • .info — Informatsion saytlar uchun, chegaralanmagan
  • .int — Kelishuv ostida yaratilgan halqaro tashkilotlar uchun
  • .jobs — Ishga bilan bogʻliq boʻlgan saytlar uchun
  • .mil — AQSH harbiy sohasi uchun
  • .mobi — Mobil telefon qurilmalari etkazib beruvchi saytlar uchun
  • .museum — Muzeylar uchun
  • .name — Oila va shahslar uchun
  • .net — Set infrastrukturalari uchun
  • .org — Tashkilotlar uchun, chegaralanmagan
  • .pro — Aniq professiyalar uchun
  • .tel — Telefon tarmogʻi tizimi va Internetni bogʻlab turuvchi hizmatlar uchun (Mart 2, 2007-yilda qoʻshilgan)
  • .travel — Sayyohlik agentlari, aviakompaniyalar, Mehmonhona egalari uchun, turizm byurolari uchun va boshqalar.

Quyidagi yuqori darajali umumiy domenlar tasdiqlanish arafasida:

  • .post — Pochta hizmatlari uchun
  • .geo — Geografik saytlar uchun
  • .cym — Welsh tili/madaniyati

Kengaytirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 20-iyunda ICANN kengashi yuqori darajali umumiy domenlar cheklovini qisman olib tashlash haqidagi qarorga ovoz berdi.[1] Bundan buyon shirkat va tashkilotlar oʻzlari uchun domenlar tanlashlari mumkin. ICANN yangi domenlarni roʻyxatga olish uchun arizalarni 2012-yil 12-yanvardan boshlaydi. Domenning boshlangʻich narxi $185 000 etib tayinlangan.[2]

Tahlilchilar 500-1000 ta yangi domen paydo boʻlishi haqida taxmin qilishmoqda,[1] ularning aksariyati shirkat va mahsulotlarga oid boʻladi, bundan tashqari boshqa umumiy domenlar, masalan.bank va.sport kabilar ham roʻyxatga olinishi mumkin.

  1. 1,0 1,1 Internet minders OK vast expansion of domain names, Associated Press, 20-iyun 2011-yil. Accessed 20-iyun 2011-yil
  2. Icann increases web domain suffixes, BBC News, 20-iyun 2011-yil. Accessed 20-iyun 2011-yil


Yuqori darajali umumiy domenlar
Homiyi yoʻqlar  .biz  .com  .edu  .gov  .info  .int  .mil  .name  .net  .org  .pro
Homiyi borlar  .aero  .coop  .jobs  .museum  .travel
Infrastruktura  .arpa  .root
Boshlangʻich fazadagilar  .cat  .mobi  .post  .tel
Taklifdagilar  .asia  .geo  .kid  .mail  .sco  .web  .xxx
Ishlatishdan voz kechilganlar  .nato
Rezervdagilar  .example  .invalid  .localhost  .test
Psevdo-domenlar  .bitnet  .csnet  .onion  .uucp

Shuningdek qarang: Yuqori darajali milliy domenlar