Kontent qismiga oʻtish

Yurak paysimon ipchalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yurak paysimon ipchalari
lotincha: Chordae tendineae cordis
Kataloglar
  • A07.541.510.240
  • D002815
  • 76527
  • A12.1.00.023

Yurakni paysimon ipchalari (Chordae tendineae) xalq tilida yurak torlari deb nomlanuvchi, tolali biriktiruvchi toʻqimaning elastik boʻlmagan ipchalari boʻlib, ular soʻrgʻichsimon muskullarni yurakni uch tabaqali va mitral qopqoq bilan bogʻlab turadi[1][2]

Yurakni paysimon ipchalari boʻlmacha va qorinchalar orasidagi qopqoqlarni (uch tabaqali va mitral qopqoq) qorincha ichidagi soʻrgʻichsimon muskullar bilan bogʻlaydi[2]. Bir nechta paysimon ipchalarni har bir qopqoqlar tepasiga birikadi[3]. Paysimon ipchalar nozik tuzilishda elastinni oʻz ichiga oladi, ayniqsa ularning chetida koʻp[4].

Todaro payi pastki kava venaning Evstaki qopqogʻi va koronar sinusning Tebesian qopqogʻining davomi hisoblanadi. Koronar sinusning ochilishi va uch tabaqali qopqoqning toʻsiq choʻqqisi bilan birga u Koch uchburchagini hosil qiladi. Koch uchburchagining tepasi AV tugun (boʻlmacha va qorincha orasidagi tugun) [5].

Yurak va oʻpkaning koʻndalang kesimi, Yurak paysimon ipchalari koʻrsatilgan tibbiy rasm.

Boʻlmachalar sistola paytida qon boʻlmachadan qorinchalarga bosim gradienti boʻylab oqadi. Paysimon ipchalar (Chordae tendineae) boʻshashadi, chunki boʻlmacha va qorinchalar orasidagi qopqoqlar (uch tabaqali va mitral qopqoq) majburiy ochiladi[6]

Yurak qorinchalari qorincha sistolasida qisqarganda, ikkala kamerada ham koʻtarilgan qon bosimi boʻlmacha va qorinchalar orasidagi qopqoqlarni bir vaqtning oʻzida yopib qoʻyadi, bu esa qonning boʻlmachaga teskari oqimini oldini oladi. Boʻlmachadagi qon bosimi qorinchalarga qaraganda ancha past boʻlganligi sababli, qopqoqlar past bosimli hududlarga oʻtishga harakat qiladi. Paysimon ipchalar tarang boʻlib, qopqoqlarni tortadi va ularni yopiq holatda ushlab turadi[6].

Klinik ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paysimon tolalarni uzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yurak qopqoqlari zararlanganda masalan, infeksion endokarditda paysimon ipchalar uzilishi mumkin[7]. Bu xavfli mitral yetishmovchilikka olib kelishi mumkin[7][8].

Parashutli mitral qopqoq

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parashut mitral qopqoq mitral qopqoqning barcha paysimon ipchalari bitta soʻrgʻichsimon mushak bilan birikgan boʻladi[9][10][11]. Bu erta yoshda mitral qopqoq stenoziga (torayib qolishiga) sabab boʻladi[10]. Bu kamdan-kam uchraydigan tugʻma yurak nuqsonidir[11]. Koʻpincha mitral yetishmovchilikka sabab boʻlsa-da, hech qanday asorat koʻrsatmasligi mumkin[10].

Qoʻshimcha rasmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yurak sikli
  1. Hacking. „Chordae tendineae | Radiology Reference Article | Radiopaedia.org“. Radiopaedia.
  2. 2,0 2,1 Faletra, Francesco F.; Narula, Jagat (2017-01-01), Ellenbogen, Kenneth A.; Wilkoff, Bruce L.; Kay, G. Neal; Lau, Chu-Pak (muh.), „2 - Imaging of Cardiac Anatomy“, Clinical Cardiac Pacing, Defibrillation and Resynchronization Therapy (Fifth Edition) (inglizcha), Elsevier, 15–60-bet, doi:10.1016/b978-0-323-37804-8.00002-x, ISBN 978-0-323-37804-8, qaraldi: 2020-11-25
  3. Lane, Rondall; Schulman, Peter M. (2007-01-01), Parsons, Polly E.; Wiener-Kronish, Jeanine P. (muh.), „Chapter 30 - Valvular Heart Disease“, Critical Care Secrets (Fourth Edition) (inglizcha), Philadelphia: Mosby, 191–199-bet, doi:10.1016/b978-1-4160-3206-9.10030-8, ISBN 978-1-4160-3206-9, qaraldi: 2020-11-25
  4. Green, EM; Mansfield, JC; Bell, JS; Winlove, CP (2014-04-06). "The structure and micromechanics of elastic tissue.". Interface Focus 4 (2): 20130058. doi:10.1098/rsfs.2013.0058. PMID 24748954. PMC 3982448. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3982448. 
  5. McGuire, Mark A.; Johnson, David C.; Robotin, Monica; Richards, David A.; Uther, John B.; Ross, David L. (1992-09-15). "Dimensions of the triangle of Koch in humans" (en). The American Journal of Cardiology 70 (7): 829–830. doi:10.1016/0002-9149(92)90574-I. ISSN 0002-9149. PMID 1519544. https://dx.doi.org/10.1016/0002-9149%2892%2990574-I. 
  6. 6,0 6,1 Karas, S.; Elkins, R. C. (1970). "Mechanism of Function of the Mitral Valve Leaflets, Chordae Tendineae and Left Ventricular Papillary Muscles in Dogs". Circulation Research 26 (6): 689–96. doi:10.1161/01.RES.26.6.689. PMID 5422929. https://archive.org/details/sim_circulation-research_1970-06_26_6/page/n38. 
  7. 7,0 7,1 Vaideeswar, P.; Butany, J. (2016-01-01), Buja, L. Maximilian; Butany, Jagdish (muh.), „Chapter 12 - Valvular Heart Disease“, Cardiovascular Pathology (Fourth Edition) (inglizcha), San Diego: Academic Press, 485–528-bet, ISBN 978-0-12-420219-1, qaraldi: 2020-11-25
  8. Reece, T. Brett; Fullerton, David A. (2009-01-01), Harken, Alden H.; Moore, Ernest E. (muh.), „Chapter 76 - Mitral Regurgitation“, Abernathy's Surgical Secrets (Sixth Edition) (inglizcha), Philadelphia: Mosby, 387–390-bet, doi:10.1016/b978-0-323-05711-0.00076-8, ISBN 978-0-323-05711-0, qaraldi: 2020-11-25
  9. Llewelyn. „Parachute mitral valve | Radiology Reference Article | Radiopaedia.org“. Radiopaedia.
  10. 10,0 10,1 10,2 Boutsikou, Maria; Li, Wei (2018-01-01), Gatzoulis, Michael A.; Webb, Gary D.; Daubeney, Piers E. F. (muh.), „6 - Echocardiography“, Diagnosis and Management of Adult Congenital Heart Disease (Third Edition) (inglizcha), Elsevier, 41–76-bet, doi:10.1016/b978-0-7020-6929-1.00006-x, ISBN 978-0-7020-6929-1, qaraldi: 2020-11-25
  11. 11,0 11,1 Tay Lik Wui, Edgar; Yip, James W. L.; Li, Wei (2011-01-01), Gatzoulis, Michael A.; Webb, Gary D.; Daubeney, Piers E. F. (muh.), „5 - Echocardiography“, Diagnosis and Management of Adult Congenital Heart Disease (Second Edition) (inglizcha), Saint Louis: Churchill Livingstone, 28–43-bet, doi:10.1016/b978-0-7020-3426-8.00005-8, ISBN 978-0-7020-3426-8, qaraldi: 2020-11-25
  12. „UOTW #75 - Ultrasound of the Week“. Ultrasound of the Week (2016-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-may.

Andoza:Heart anatomyYurak anatomiyasi