Yurakning endokrin vazifasi — BoʻlmachalarmiotsitIarida (asosanoʻngboʻlma- cha) granulyar hujayralar boʻlib, natriyuretik gormon yoki atriopeptid deb nomlanadigan moddalar sintez qilinadi. Gormonlar sintezi; boʻlmachalarga koʻp qon toʻplanganda (ular choʻzilganda), aortada bosim turgʻun koʻtarilganda, qonda natriy miqdori ortganda, adashgan va simpatik nerv faollashganda, qonda vazopressin ortganda kuchayadi. Natriyuretik gormon taʼsiri xilma xil. Uning taʼsirida buyraklardan Na+(90 marta) va Cl' (50 martagacha)ni ekskresiyasi kuchayadi, bir vaqtning oʻzida ulami nefron kanalchalarida reabsorbsiyasi pasayadi. Renin va aldosteron sekretsiyasini, angiotenzin II ning faolligini pasaytiradi. Natriyuretik gormon mayda qon-tomirlar silliq muskullarini boʻshashtiradi, shu yoʻl bilan arterial bosim tushadi. Ichaklar silliq muskullarini boʻshashtiradi[1].