Yuriy Fray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Fray
Tavalludi
Юрий Владимирович Фрай

3-may, 1968-yil
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi murabbiy
Mukofotlari Rossiya sport ustasi, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni, Rossiya faxriy murabbiyi

Yuriy Vladimirovich Fray (3-may, 1968-yil, Navoiy, Oʻzbekiston SSR) — rossiyalik kudo ustasi, murabbiy, oʻqituvchi, sport funksioneri, siyosiy va jamoat arbobi. Rossiya Kudo Federatsiyasi vitse-prezidenti va Bosh kotibi, Markaziy va Shimoliy-Gʻarbiy federal okruglar Kudo federatsiyalari rahbari. „Derjava“ litseyi direktori (2002—2010), „Derjava“ yoshlar sport maktabi direktori (2011-yildan). Oltinchi (2010—2015) va yettinchi (2015—2020) chaqiriq Obninsk shahar assambleyasining deputati.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Fray 1968-yil 3-mayda O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan[1]. 1976-yilda Navoiy shahrida birinchi sinfni tugatgach, oilasi bilan Kaluga viloyati Obninsk shahriga koʻchib ketgan. 1976—1983-yillarda Obninsk 10-maktabda[1], 1983—1985-yillarda 11-maktabda oʻqigan.

11-maktabda oʻqiyotganida maktab teatridagi chiqishlarda qatnashgan. Teatr maktabiga kirishga harakat qilgan, ammo tanlovdan oʻta olmagan. Keyin Sovet Armiyasiga xizmatga chaqirildi. Armiyadan soʻng teatrga kirish istagi yoʻqoldi va Fray Obninsk atom energiyasi institutiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni tugatgach, Obninskdagi Tibbiy radiologiya institutida muhandislik guruhi aʼzosi boʻlib ishladi.

Bolaligidan u sport, jumladan boks, basketbol, yengil atletika, bal raqsi bilan shugʻullangan. Armiyadan keyin esa karate va qoʻl jangi bilan shugʻullangan. 1994-yilda kudo sport turi Rossiyaga kirib keldi va Kray ushbu sport bilan shugʻullana boshlagan.

2002-yilga qadar Obninsk 15-sonli maktabda murabbiy va yarim stavkada direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 14- va 15-maktablarni birlashtirish rahnamolaridan biri boʻlgan. Alaloqibat „Derjava“ litseyi tashkil etilgan.

2002—2010-yillarda Obninsk „Derjava“ litseyi direktori boʻlgan. Bu davrda Yuriy Fray boshchiligida litsey hududida sunʼiy qoplamali yangi futbol stadioni qurildi, oʻq otish hududi qayta tashkil etildi (u yerda maishiy kimyo mahsulotlari ombori joylashgan), litsey sherikliklari rivojlantirildi va vasiylar kengashi tuzildi.

2010-yilda Obninsk shahar Assambleyasining oltinchi chaqirigʻiga (2010—2015) saylangan.

2011-yilda „Derjava“ litseyi, „Derjava“ bolalar va oʻsmirlar sport maktabidan ajratilgan yangi shahar qoʻshimcha taʼlim muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi[1].

Davlat ijrochi xodimlar institutining davlat va shahar boshqaruvi fakultetini tamomlagan[1].

Rossiya sport ustasi, oliy toifali murabbiy-oʻqituvchi[1].

Obninsk Jismoniy tarbiya va sport jamoat komissiyasi raisi.

Markaziy va shimoli-gʻarbiy federal okruglarning Kudo federatsiyalari rahbari. Rossiya Kudo Federatsiyasi vitse-prezidenti va Bosh kotibi[1][2].

Qora kamar egasi[1]. „Yedinaya Rossiya“ partiyasining aʼzosi[1].

Obninskdagi TOS 51-52 kvartallar Prezidiumi aʼzosi[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turmush oʻrtogʻi — Natalya Viktorovna Fray (1975—2012) — Rossiya Kudo Federatsiyasi kotibi. Ogʻir kasallikdan soʻng vafot etgan.
  • Ikki qiz, bir oʻgʻil .

Mukofotlar va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taniqli shogirtlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gleb Molotkov (1981-yil tugʻilgan) — kudo boʻyicha Rossiya chempioni (2004) .
  • Mixail Bida (1987-yil tugʻilgan) — kudo boʻyicha Yevropa chempionati kumush medali sovrindori, Rossiya kubogi gʻolibi (2007).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Юрий Фрай на сайте Обнинского городского Собрания“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  2. „Юрий Фрай на сайте Федерации кудо России“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Smaznova Vetta. Shkola Velikogo Puti // Nedelya Obninska. — 9 dekabrya 2005 goda. — № 14. Arxivirovano 21 oktyabrya 2013 goda.
  • Bikova Marina. Yuriy Fpay: "Ya octayus v „Depjave“! Pposto yxojy c posta dipektopa" // Nedelya Obninska. — 9 aprelya 2010 goda.
  • Kremeneskiy Aleksandr. Zavtra budet luchshe! // Vi i mi. — 28 dekabrya 2010 goda.
  • Yakovleva A. Dve „Derjavi“ // Obninsk. — 16 avgusta 2011 goda. — № 98 (3508). Arxivirovano 17 oktyabrya 2011 goda.
  • Sigutin Andrey. Snachala chelovek, potom — politika // Obninskiy vestnik. — 12 iyunya 2012 goda.
  • Obninskiy deputat Yuriy Fray: „Problemu s meditsinskim obslujivaniem sportivnix uchrejdeniy Obninska nado reshat na obщegorodskom urovne“ // Bezformata. Ru. — 16 oktyabrya 2012 goda.
  • Sigutin Andrey. Nastoyaщiy trener — pedagog ot Boga… // Vestnik. — 2012. — № 21.
  • Leonkin Yevgeniy. Yuriy Fray: „Velikiy put odin, no vorot mnogo“ // Jurnal Σ. — 15 maya 2013 goda.
  • Smeyan Rita. Deputati Obninska o lyubimix ychitelyax // Nedelya Obninska. — 29 avgusta 2013 goda.
  • Ne imidjem edinim // NG-region. — 27 sentyabrya 2013 goda. Arxivirovano 1 aprelya 2014 goda.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]