Yuriy Koloskov
Yuriy Koloskov | |
---|---|
Tavalludi |
20-fevral 1929-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Vafoti |
8-dekabr 2016-yil Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR |
Xizmatdagi yillari | 1946–1990 |
Yuriy Veniaminovich Koloskov (1929-yil, Toshkent, OʻzSSR, SSSR – 2016-yil Moskva, Rossiya) – Sovet harbiy qoʻmondoni, general-mayor. K. Y. Voroshilov nomidagi SSSR KGBning Oliy chegara harbiy-siyosiy maktabi boshligʻi (1982–1990).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuriy Veniaminovich 1929-yil 2-fevralda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tavallud topgan.
1939–1946-yillarda Toshkent SSSR NKVDning Suvorov nomli harbiy bilim yurtida tahsil olgan. 1946–1948-yillarda SSSR NKVD qoʻshinlarining Moskva harbiy bilim yurtida oʻqigan. 1951-yilda Saratov davlat universitetining filologiya fakultetining sirtqi boʻlimini tamomlagan[1].
Koloskov 1948-yildan 1982-yilgacha SSSR NKVD, SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR MGB, SSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasida qoʻmondonlik va siyosiy lavozimlarda xizmat qilgan. 1965-yildan 1982-yilgacha Sharqiy chegara okrugida quyidagi lavozimlarda xizmat qilgan: 1965-yildan 1972-yilgacha siyosiy boʻlim boshligʻi va 129-Prjevalskiy chegara otryadi boshligʻining oʻrinbosari. 1972-yildan 1978-yilgacha boshliq oʻrinbosari, 1978-yildan 1982-yilgacha siyosiy boʻlim boshligʻi va Sharqiy chegara okrugi qoʻshinlari boshligʻi (qoʻmondoni) oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. Afgʻoniston urushida qatnashgan[1].
Yuriy Veniaminovich 1982-yildan 1990-yilgacha SSSR KGB K. Y. Voroshilov nomidagi Oliy chegara harbiy-siyosiy maktabining boshligʻi boʻlgan (Golitsyno, Moskva viloyati)[2][3][1].
Koloskov 1990-yilda isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Dnestrovyeda PMR MGB maslahatchisi boʻlib ishlagan va ushbu respublikaning maxsus kuchlari va chegara otryadlarining tashkilotchisi boʻlgan. 1992-yildan beri Dnestrboʻyıdagi qurolli mojaroning ishtirokchisi. 1993-yildan B. V. Tarasov xalq deputati maslahatchisi, Rossiya Federatsiyasi Oliy Kengashining himoyasi ishtirokchilaridan biri edi[4][1].
Koloskov 2016-yil 8-dekabrda Moskvada vafot etdi va Troyekurovskoye qabristoniga dafn qilindi.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 25-may kuni Dnestrboʻyidagi Tiraspol chegara postiga general-mayor Yuriy Veniaminovich Koloskov nomi berildi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Краснорецкий, Николай Павлович“. История отечественных спецслужб и правоохранительных органов. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ Kvashenko V. V. Golitsinskoe pogranichnoe. // Военно-исторический журнал. – 2016. – № 12. – S.72—73
- ↑ „История Института“. Голицынский пограничный институт ФСБ России. 2022-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ „Прощай, наш боевой соратник!“. Завтра. 2022-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ „Погранотделению «Тирасполь» присвоено имя генерала Юрия Колоскова“. Новости Приднестровья. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.