Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Linnik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yuriy Vladimirovich Linnik [(1914.26.12 (1915.8.1), Belaya Serkov — 1972.30.6, Leningrad] — rus matematigi, akademik (1964), Leningrad universitetini tugatgan (1938), shu universitetda professor (1944). Asosiy ishlari ehtimollar nazariyasi ustunlarining sonlar nazariyasiga tatbiqi, analitik sonlar nazariyasi va matematik statistikaga oid. U sonlarni kvadratik formalar orqali ifodalagan, Berej — Fisher mu-ammosi va boshqa qiyin masalalarni tek-shirgan. Uning katta turlar usuli tub sonlarning arifmetik progressiyalardagi taqsimoti va sonlar nazariyasining boshqa additiv masalalarini yechishga imkon berdi. L. oʻzi yaratgan dispersion usul bilan Hardi — Litlvud muammosini hal qilib, yetarlicha katta butun son tub son bilan ikki aniq kvadrat yigʻindisi shaklida ifodalanishini koʻrsatdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil