Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Mamleyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuriy Mamleyev
Tavalludi 1931-yil 11-dekabr
Vafoti 2015-yil 25-oktyabr
Moskva, Rossiya
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya

Yuriy Vitalevich Mamleyev (1931-yil 11-dekabr, Moskva – 2015-yil 25-oktyabr, Moskva) – rus yozuvchisi, dramaturg, shoir, faylasuf. Andrey Beliy mukofoti sovrindori (1991)[1][2][3]. „Metafizik realizm klubi“ prezidenti, Amerika, Fransiya va Rossiya Pen-klublari, Yozuvchilar uyushmasi va Rossiya Dramaturglar uyushmasi aʼzosi.

„Metafizik realizm“ adabiy oqimi va „Abadiy Rossiya“ falsafiy taʼlimotining asoschisi. Mamleyev asarlari Yevropaning koʻplab tillariga tarjima qilingan.

Yuriy Mamleyev chiqish paytida, 2004-yil.

Yuriy Vitalevich 1931-yil 11-dekabrda Moskvada psixiatriya professori oilasiga tugʻilgan. 1940-yilda otasi qatagʻon qilindi va lagerda bedarak yoʻqoldi[4]. 1956-yilda Moskva oʻrmon texnika institutini tamomlagan, muhandislik diplomiga ega boʻlgan.

Shoir 1957-yildan 1974-yilgacha kechki maktablarda matematikadan dars bergan[5]. Biroq, uning asosiy faoliyat sohasi adabiyot edi. Uning hikoyalari, romanlari va falsafiy esselari sovet nashriyotlarida chop etilishi mumkin boʻlmaganligi sababli, samizdatda tarqalgan. 1960-yillarda uning Yujinskiy tor koʻchasidagi kvartirasida oʻsha davrdagi koʻplab „norasmiy madaniyat“ vakillari yigʻilishardi. Ular orasida Yevgeniy Golovin, Leonid Gubanov, Genrix Sapgir, Lev Kropivnitskiy, Aleksandr Xaritonov, keyinchalik Venedikt Yerofeev, Haydar Jamal va boshqa koʻplab hozirda taniqli boʻlgan sanʼat, falsafa, adabiyot sohalarida oʻzlarini namoyon etgan ijodkor ziyolilar bor. Madaniyatshunos Konstantin Frumkin bu yigʻilishlarni „ezoterika ixlosmandlari toʻgaragi“ deb ataydi va Mamleyevning „Borliqning taqdiri“ kitobini zamonaviy rus anʼanaviychiligining asosini tashkil etgan eng muhim asarlardan biri sifatida taʼriflaydi[6].

Yuriy 1974-yilda rafiqasi Mariya Aleksandrovna bilan birga AQShga koʻchib ketdi. U yerda Kornell universitetida dars berdi va ishladi, shuningdek, AQShning boshqa nufuzli universitetlarida maʼruzalar oʻqidi. Keyinchalik, 1983-yilda Parijga (Fransiya) koʻchib oʻtdi va u yerda nihoyat asarlarini nashr ettira boshladi (AQShda ham, SSSRda ham nashriyotlar uning kitoblarini rad etgan edi). Parijda avval Medon rus madaniyati institutida, soʻngra Sharq sivilizatsiyalari institutida rus tili va adabiyotidan dars berdi[7][8][9].

Muhojirlik davrida uning asarlari Yevropa tillariga tarjima qilindi va ijodi G‘arbda tan olindi. 1986-yilda Parij adabiy jurnalida Dostoyevskiy tadqiqotchisi Jak Katto Mamleyev haqida fikr bildirib, uni Gogol va Dostoyevskiyning munosib davomchisi sifatida taʼriflagan edi.

  1. Umer pisatel Yuriy Mamleev ( at www.interfax.ru Error: unknown archive URL 20151025202511 sanasida arxivlangan) // Interfaks, 25 oktyabrya 2015
  2. „Премия Андрея Белого“. 2024-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
  3. Andoza:Кругосвет
  4. „Юрий Мамлеев - биография, библиография, экранизации, награды.“ (ru). bookmix.ru. 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
  5. „Биография Юрия Мамлеева“ (ru). РИА Новости (2015-10-25:18:37). 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
  6. „Константин Фрумкин. Традиционалисты: портрет на фоне текстов. «Дружба Народов» 2002, № 6“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-noyabr.
  7. Charlz Klover o jizni v SSSR, Yurii Mamleeve i Aleksandre Dugine (Wayback Machine saytida 2024-05-22 sanasida arxivlangan) (fragment iz knigi „Cherniy veter, beliy sneg. Noviy rassvet natsionalnoy idei“, 2017, izdatelstvo „Фантом Пресс“)
  8. „Мамлеев Юрий Витальевич — Мегаэнциклопедия Кирилла и Мефодия — статья“ (ru). Энциклопедия Кирилла и Мефодия. 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
  9. „Ушел из жизни Юрий Мамлеев“ (ru). Новая Азовская Газета.ru. 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.