Yuriy Mentyukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Alekseyevich Mentyukov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1962-yil 7-fevral
Tavallud joyi MoskvaSSSR
Boʻyi 182 m
Ampluasi yarim himoyachi
Vazni 81 kg
Mukofotlari SSSR kubogi g'olibi (1984)
Xalqaro medallar

Yuriy Alekseyevich Mentyukov (1962-yil 7-fevral, Moskva, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi, asosiy oʻyinlarini Moskvaning „Dinamo“ jamoasi safida olib borgan. Futbol boʻyicha SSSR kubogi sovrindori, sport ustasi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Alekseyevich Mentyukov 1962-yilning 7-fevralida Moskva shahrida tavalud topgan[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Mentyukov 10 yoshidan boshlab Moskvaning „Dinamo“ sport maktabida futbol bilan shugʻullana boshlagan. Uning ushbu jamoadagi birinchi murabbiyi V. P. Kesarev boʻlgan. Sport faoliyatining dastlabki yillarida Mentyukov oʻzining tezligi va oʻyin uslubi bilan unchalik koʻzga koʻringan sportchilardan boʻlmagan boʻlsa-da, biroq oʻyinni yaxshi kuzatishi, tahlil qilishi, qaror qabul qilishda shoshqaloqlik qilmasligi va oʻyinning eng kerakli joyida oʻzini koʻrsatishi bilan murabbiylar eʼtiborini tortgan[2].

1980-yil 21-noyabrda „Dinamo“ klubining asosiy jamoasi safida Mentyukov oʻzining ilk oʻyinni oʻtkazadi. Futbolchi „Dinamo“ safida jami 107 ta oʻyin oʻtkazib, umumiy hisobda 5 ta gol urishga muvaffaq boʻladi (SSSR chempionatida jami 93 ta oʻyin, 3 ta gol). 1984-yilda klub SSSR kubogini qoʻlga kiritadi. Aynan shu yilda Mentyukov ikki marta oyogʻidan jiddiy jarohat oladi va vaqtincha oʻyinlarda ishtirok etmaydi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, yana oʻyinlarni boshlab yuboradi va ikkinchi liga bahslarida ishtirok etadi.

1989—1990-yillarda Mentyukov Andijonning „Spartak“ (Oʻzbekiston) klubi safida toʻp suradi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda Yuriy Mentyukov „Vympel Ribinsk“ jamoasi murabbiyi sifatida faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik, Moskvadagi Krasnogvardeets oʻsmirlar sport maktabi hamda Chertanovo oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi boʻlib ishlaydi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, „Dinamo SDYUSSHOR“ klubi Mentyukovni murabbiylikka taklif qiladi va bir muddat oʻsha yerda futbolchilarga murabbiylik qiladi.

2007-yilga kelib Mentyukov „Dinamo“ klubining zaxira jamoasiga futboldan saboq bera boshlaydi.

Hozirda FC FSM klubida faoliyat olib bormoqda.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]