Yuriy Nikolayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Nikolayev
Tavalludi 14-dekabr, 1923-yil
Vafoti 7-yanvar, 1977-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Yuriy Nikolayev(1923-yil 14-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1977-yil 7-yanvar, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – tojik tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Nikolayev 1923-yil 14-dekabr kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1948-yilda Moskva davlat tarix va arxiv institutini tamomlagan. 1948-yildan 1949-yilgacha Tojikiston markaziy davlat arxivi mudiri lavozimida faoliyatini boshladi. Yuriy Nikolayev 1949-yildan 1950-yilgacha Tojikiston davlat universitetining kafedra laboranti lavozimida ishladi. U 1949-yil Tojikiston davlat universitetining aspirantura taʼlim bosqichiga oʻqishga qabul qilindi. Yuriy Nikolayev 1952-yilda aspirantura bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. U 1952-yildan 1958-yilgacha Stalinobod davlat institutining SSSR tarixi kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritdi. U 1960-yildan 1963-yilgacha Tojikiston davlat tarix va etnografiya instututining Sovet tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Yuriy Nikolayev 1963-yildan 1969-yilgacha esa kafedra dotsenti sifatida ishladi. Yuriy Nikolayev 1973-yil Tojikiston davlat universitetida professor ilmiy unvoniga erishdi. Xuddi shu yili, Tojikiston politexnika institutida kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi. Yuriy Nikolayev 156 ta ilmiy ishlar muallifi hisoblanib, Tojikiston davlat institutida Ikkinchi jahon urushidan keyingi bolalarning hayoti mavzusida izlanishlar olib bordi. U 23 ta xalqaro konferensiya va sammitlarda ishtirok etgan. 1956-yil Stalinobod yaqinidagi janglarda qatnashgan. Yuriy Nikolayev 1977-yil 7-yanvar kuni Tojikiston SSRga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etgan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Nikolayev 1956-yil SSSR Oliy Kengashi Sovetning qaroriga muvofiq, „2-darajali Ulugʻ Vatan urushi ordeni“ bilan mukofotlangan. Shu bilan birgalikda, Tojikiston SSR Oliy Kengashining faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]