Yuriy Novoselsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Yuriy Novoselsev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Yevgenievich Novoselsev
Tavallud sanasi 26-mart 1964-yil
Tavallud joyi SSSR
Boʻyi 174 sm
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986—1987 Paxtakor Andijon 43 (7)
1988 Metallurg Olmaliq 9 (0)
1989—1992 Okean Naxodka 146 (24)
1990 Drujba Maykop 1 (0)
1993 Metallurg (Z) 10 (1)
1994—1995 Dnestrovets 75 (19)
1996 Viktor 12 (1)
1997 Polessie Jitomir 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yuriy Evgenievich Novoseltsev (ukraincha: Юрій Євгенович Новосельцев; 1964-yil 26-mart) — sovet, rus va ukrainalik futbolchi. Himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatini 1986-yilda Oʻzbekiston SSRda „Andijon Paxtakor“ jamoasi tarkibida boshlagan. „Andijon“ jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchi ligasida 2 mavsum davomida toʻp surib, 47 oʻyinda 7 gol urdi. 1988-yilda Olmaliqning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. Olmaliq jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchiligasida 9 ta oʻyinda ishtirok etdi, lekin jamoaning ligada qolishi uchun yordam bera olmadi 1989-yilda Olmaliq jamoasidan „Okean Naxodka“ klubiga koʻchib oʻtdi. Naxodka jamoa safida Ikkinchi liganing Uzoq shar mintqasi ligasida toʻrtinchi oʻrinni olishida hissa qoʻshdi. 1990-yilda u Maykopning „Drujba“ jamoasida bitta oʻyin oʻtkazdi. 1991-yil Ikkinchi liganing Sharq mintaqisida birinchi oʻrinni olib SSSR birinchi ligasiga yoʻllanma olishida muhim hissasini qoʻshdi. 1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin „Okean“ klubi Rossiya Premyer-ligasida toʻp surishni bsohladi. 1992-yil 3-aprelda Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga qarshi 2-turda safarda „Okean“ jamoasining asosiy tarkibiga kirgan Novoseltsev Rossiyaning eng yuqori musoboqasidagi oʻyinlarda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi, 87-daqiqada Roman Tixonovetskiy bilan almashtirildi[2]. 1993-yilda Zaporojyening Metalurg jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1994-yildan 1995-yilgacha Dnestrovskiy shahrining „Dnestr“ jamoasida oʻynagan. 1996-yilda u Zaporojyening boshqa klubi — „Viktor“ klubida oʻynagan. Professional faoliyatini 1997-yilda „Polissya Jitomir“ klubida yakunlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Profile by footballfacts.ru“ (Russian). Footballfacts.
  2. „Протокол матча «Океан» — «Локомотив»“. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]