Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Shundrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Shundrov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 6-iyun 1956-yil
Penza, SSSR
Vafot sanasi 27-iyul 2018-yil(2018-07-27)
(62 yoshda)
Sport
Qaysi sport Xokkey
Pozitsiyasi Darvozabon

Yuriy Aleksandrovich Shundrov (ruscha: Юрий Александрович Шундров, ukraincha: Ю́рій О́лександрович Шу́ндров; 1956-yil 6-iyun — 2018-yil 27-iyul) — ukrainalik sobiq xokkeychi. Darvozabon[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shundrov oʻz faoliyatini 1978—1979-yilgi mavsumda Kiyevning „Sokil“ klubi tarkibida Sovet chempionatidagi ishtirok bilan boshlagan. 1990-91 yilgi mavsum soʻngigacha Sokil safida harakat qilgan. Keyin 1991—1992-yilgi mavsumda „Ximik Voskresensk“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1994-yilgacha „Sokil Kiyev“ klubiga qaytgan. Sokil bilan uch mavsum oʻtkazgandan soʻng, yana Ximik Voskresensk jamoasiga oʻtib, u yerda ikki mavsum oʻtkazgan. Shundrov 1999—2000-yilgi mavsumda „Krijinka Kiev“ va „Rapid Bukuresti“ klublari safida harakat qilgan. 2000-yilda faoliyatini yakunlagan[1].

Xalqaro miqyosda Shundrov 1985-yilda SSSR terma jamoasi safida Chexoslovakiyaga qarshi ikkita koʻrgazmali oʻyinda ishtirok etgan[2]. 1995, 1997, 1998 va 1999-yilgi jahon chempionatlarida Ukraina erkaklar milliy xokkey jamoasi sharafini himoya qilgan[1].

Shundrov 2011-yilda Kontinental xokkey ligasining SSKA Moskva klubi darvozasini qoʻriqlagan. 2008-yildan 2010-yilgacha Magnitogorskning „Metallurg“ klubida darvozabon boʻlgan[1].

SSSR terma jamoasi tarkibida 2 ta oʻyinda darvozasidan 2 ta shayba oʻtkazib yuborgan. Ukraina terma jamoasi safida esa 23 ta oʻyinda 30 ta shayba oʻkazib yuborgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yildan 2010-yilgacha Magnitagorskning Metallurg klubida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

2011-yildan 2013-yilgacha Moskvaning SSKA klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

2014-yildan 2017-yilgacha Sochi xokkey klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984—1985-yilgi mavsumda Xokkey boʻyicha SSSR chempionatining bronza medali sohibi.

1995 va 1997-yillarda Ukraina chempioni.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 27-iyulda yurak ishemik kasalligi tufayli vafot etgan. Kiyev-Svyatoshinskiy tumanidagi Bobrisa qishlogʻida dafn etilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]