Yury Holub

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yury Holub
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 16-aprel 1996-yil (1996-04-16) (28 yosh)
Mogilyov viloyati, Belarus Respublikasi
Sport
Qaysi sport Biatlon

Yury Holub (belaruscha: Юрый Аляксандравіч Голуб; 1996-yil 16-aprelda Belarus Respublikasining Mogilyov viloyatida tugʻilgan) — belaruslik koʻzi ojiz changʻichi va biatlonchi. Toʻrt karra Pxyonchxan — 2018 olimpiadasi sovrindori, ikki karra chempion (2022) va jahon chempionatining bronza medali sohibi (2017). Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yury Holub 1996-yil 16-aprelda Gluskda tugʻilgan[1].

Glusk shahridagi 2-sonli oʻrta maktabda oʻqigan, keyin Belarus davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kirgan. 2018-yilgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etayotgan paytida Holub BDPU magistratura talabasi edi.

Sport bilan bir qatorda musiqaga ham qiziqadi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi sababli olti yoshida changʻi uchishni boshlagan[2]. Oʻzining aytishiga qaraganda, u ikkinchi kursda oʻqib yurganida tasodifan murabbiy bilan uchrashib qolgan va shu tarzda sportga kirib kelgan.

2016-yilda Vuokattida boʻlib oʻtgan chamgʻi sporti boʻyicha jahon chempionatidagi ishtirok bilan Belarus terma jamoasi safida debyut qilgan[3]. Oʻsha yili Belarus chempionatida gʻolib boʻlgan.

2017-yilda birinchi marta nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida changʻi sporti boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etdi. Finsterauda boʻlib oʻtgan chempionatda 10 km masofaga erkin usulda yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 20 km masofaga klassik uslubda yugurishda toʻrtinchi, estafetada beshinchi, sprintda yettinchi va 7,5 kmga biatlon poygasida sakkizinchi oʻrinni egalladi[1].

2018-yil mart oyida Pxyonchxandagi paralimpiya oʻyinlarida oʻz ishtirokini boshlagan. Yury Holub koʻzi ojiz biatlonchilar va tramplindan sakrovchilar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnashgan. Biatlonda ikkita medalni qoʻlga kiritgan: 12,5 km poygada oltin va 7,5 km poygada kumush[1]. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan musobaqasida 39 marraga yetib kelish uchun 39 daqiqa sarflagan. Mazkur koʻrsatkich 2-oʻrindagi sportchinikidan 2,7 soniyaga yaxshiroq boʻlgan[4]. Qishki olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan kuni sportchini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko shaxsan tabriklagan[5].

20 km masofaga changʻi poygasida Holub ikkinchi oʻrinni egallagan. 10 km masofada oʻtkazilgan bahslarda esa bronza medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u biatlon boʻyicha jamoaviy estafetada toʻrtinchi oʻrinni va klassik sprintda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[3]. Pxyonchxandagi paralimpiya oʻyinlari natijalariga koʻra, Yury Holub Mogilyev viloyatida yilning eng yaxshi sportchilaridan biri deb topilgan[2].

2020-yilda Holub koʻzi ojiz sportchilar oʻrtasida biatlon boʻyicha „Blur globus“ sovrinini qoʻlga kiritgan[6].

2022-yilning yanvar oyida Lillexamerda boʻlib oʻtgan changʻi poygasi boʻyicha paralimpiyachilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yury Holub gid Vladimir Chepelin bilan birgalikda 6 km va 12,5 km masofalarda oʻtkazilgan poygada ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Cross-Country Skiing | Athlete Profile: Yury HOLUB — Pyeongchang 2018 Paralympic Winter Games“ (en). www.pyeongchang2018.com. 2018-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Yury Holub - Nordic Skiing | Paralympic Athlete Profile“ (en). International Paralympic Committee. 2021-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  3. 3,0 3,1 „Профиль спортсмена“. 2018-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  4. „Юрий Голуб принес Беларуси второе золото на Паралимпиаде в Пхенчхане“. 2018-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  5. „Лукашенко поздравил Юрия Голуба с завоеванием золота на Паралимпиаде в Пхенчхане“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  6. „Musical inspiration keeps Yury Holub on target“ (en). International Paralympic Committee (2020-yil 24-aprel). 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  7. „Белорус Юрий Голуб завоевал второе золото паралимпийского ЧМ по лыжным видам спорта“ (ru). Белта (2022-yil 16-yanvar). 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.