Kontent qismiga oʻtish

Yustinas Marsinkyavichyus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yustinas Marsinkyavichyus
Tavalludi 10-mart 1930[1]
Vafoti 16-fevral 2011[2]
Ijod qilgan tillari Litva tili[3]
Fuqaroligi Litva va SSSR

Yustinas Moteyaus Marsinkyavichyus (1930.10.3, Vajatkemis qishlogʻi, hozirgi Prenay tumani) — Litva xalq shoiri (1978). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Soʻz soʻrayman" (1955). Doston ("Yigirmanchi bahor", 1956; "Qon va kul", 1960; "Devor", 1965) va dramatik dostonlariga ("Mindaugas", 1968; "Ibodatxona", 1971; "Majvidas", 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijtimoiy epik problematika xos. "Publitsistik doston" (1963), "Donelaytis" (1964) dostonlari, "Gʻallakor qoʻllar" (1963), "Yogʻoch koʻpriklar" (1966) va boshqa sheʼriy toʻplamlarida litva xalqi hayoti haqidagi oʻylari aks etgan. "Kuluvchan qaragʻay" qissasi (1961) yoshlarga bagʻishlangan. Bolalar uchun bir qanchaasarlar yozgan. "Mindaugas iztirobi" dramatik dostoni (1979) va turkum sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[4]

  1. // (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. "Marsinkyavichyus Yustinas Moteyaus" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil