Yusuf Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ismoilov Mulla Yusuf1872-yili tug‘ilgan, Xonqa rayoni Qoraqosh qishlog‘idan, o‘zbek, 1930-yili paxta rejasini bajarmaganligi uchun 3 yil qamoq jazosiga hukm kdaingan, jazo muddatini o‘tagan, diniy xizmatchi, imom. Ruhoniylarning aksilinqilobiy guruhining faol ishtirokchisi sifatida aksilinqilobiy guruhning nolegal yig‘ilishlarida qatnashib, sovet hokimiyatiga qarshi kurash va xonlik tuzumini tiklash bo‘yicha aholini tayyorlash masalalari muhokamasida qatnashganlikda, aholi orasida aksilinqilobiy tuhmat mish-mishlar tarqatganlikda, ruslar boshqarayotgan sovet hokimiyati millatlar va “islom”ni yo‘q qilish uchun kurash olib bormoqda deb aytganlikda, sovet hokimiyatini ag‘darish uchun barchani qurollantirishga chaqirganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 72 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.