Yusuf Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yusuf Tursunov — (1947, Toshkent) adabiyotshunos, navoiyshunos olim, Filologiya fanlari nomzodi (1986).

Yusuf Tursunov 1947-yilda Toshkent shahridagi Uchtepa tumani, Katta qaʼni (Katta qangli) mahallasida tugʻilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini bitirgan (1971). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining kichik ilmiy xodimi (1971—1978), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi H.Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1978—1998), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi (1999-yildan).

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Alisher Navoiy „Munshaot“ asarining matniy tadqiqi“ (2016) kitobi chop etilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 363 bet.